Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoati




Avtomobilsozlik sanoati Oʻzbekistonda yangi sohalardan biri hisoblanadi, lekin u qisqa muddat ichida juda katta oʻsishga erishdi.
Oʻzbekistonda 1996-yildan chiqa boshlagan UZDaewooAuto mashinalarini hozirda dunyoga mashhur Chevrolet brendi oʻrin olgan.

Oʻzbekistonda Avtomobilsozlik rivojlanish tarixi



Mashinalarni ishlab chiqarishni birinchi bosqichi 1992-yilda Janubiy Koreaning DaewooMotors kompaniyasi bilan tuzilgan
manfatli shartnomadan boshlangan, oʻshanda Oʻzbekistonning Avtoqishxoʻjamash va Daewoo kompaniyasi 50 % ga 50 % ulushli shartnoma imzolangan va manashu shartnoma avtomobilsozlikda juda katta burilish yasadi. 1993-yilda UzDaewooAvto kompaniyasi davlat roʻyhatiga olindi va Andijon viloyatining Asaka shahrida korxona qurish ishlari boshlandi va uning umumiy summasi 658 million dollarni tashkil etgan. Avtomobillarni ishlab chiqaradigan zavod oʻshanda Koreyaning eng zamonaviy texnalogiyalari bilan jihozlandi, malakali ishchilar qabul qilindi va shu jumladan 1000 ga yaqin oʻzbekistonlik yoshlar Koreyaga borib ish oʻrganib kelishdi. Zavodda birinchi mashinaning ishlab chiqarilishi 1996-yildan boshlandi va birinchi bolib Damas rusumli avtomobil mart
oyidan boshlab Tico, iyun oyidan Nexia rusumli mashinalar ishlab chiqarila boshladi. 1996-yil 19-iyulda zavodning
ochilish marosimi boʻlib oʻtdi va unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi. Zavodning ilk yillarida
barcha butlovchi qismlar xorijdan keltirilgan, keyinchlik esa mashinalarning butlovchi qisimlarini tayyorlaydigan kichik
korxonalar oʻzlashtirilgan va shu yerning oʻzida tayyorlangan. 2000-yil OʻzDAEWOOavto zavodiga ISO - 9001 sersifikati
berildi va 2001-yil zavodning yangi yanada zamonaviy linyasi ishga tushirildi. Buning natijasida yangi Matiz rusumli yangi
avtomobil rusumi ishlab chiqarila boshladi, keyinchalik yana bir yangi Lasetti rusumli mashina ishlab chiqarish yoʻlga qoyildi.
2007-yilda UzDaewooAvto kompaniyasi negizida General -Motors korporatsiyasi bilan hamkorlikda GM-Oʻzbekiston
kompaniyasi tashkil etildi va buning natijasida eng zamonaviy Kaptiva , Epika , Takuma kabi mashinalar Chevrolet
brendi ostida ishlab chiqarildi. 2010-yilda Chevroletning eng zamonaviy avtomibillaridan boʻlgan Spark rusumli mashinalar
ishlab chiqarildi. Shu tariqa avtomobilsozlikning mustahkam poydevori yaratildi.

MAN Auto-Uzbekistan



Bu turkum uchun asosiy maqola: MAN Auto-Uzbekistan

JV Man Auto-Uzbekistan — Oʻzbekiston-Olmoniya qoʻshma korxonasi. MAN rusumli yuk mashinalari ishlab chiqaradi. 2009-yilda Oʻzavtosanoat va MAN shirkatlari oʻrtasidagi kelishuvga binoan tashkil topgan. Kelishuv Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov va MAN bosh direktori Hokan Samuelsson tomonidan imzolangan. Zavodi Samarqandda joylashgan. Korxonaning barqaror faoliyat korsatishi uchun barcha ishchi-xizmatchilar nemis tilini oʻrganishgan va nemis mutaxassislari tomonidan oʻqitilganlar. 2009–2012-yillar davomida yuk avtomobillari Samarqand avtomobil zavodida ishlab-chiqarildi. 2012-yilda Jomboy tumanida MAN avtomobil zavodi qurib bitkazildi. Rejaga koʻra, zavod yiliga 500 dan 1500 donagacha yuk mashinalari ishlab chiqarishi kerak edi. Yuk mashinalari MDH mamlakatlariga ham eksport qilinadi.

Mahsulotlari



Avtobus ishlab chiqarish



1995-yilda Oʻzbekistonning Autosanoat kompaniyasi va Turkiyaning Kochxolding kompaniyasi bilan hamkorligda
Samarqand viloyatida autobuslarni ishlab chiqarish boshlandi. Samkochauto davlat royhatiga olindi va 1999-yilda Otayoʻl rusumli
autobuslarni tayyorlash boshlandi, shu yilning oʻzida 163 ta autobus, 302 ta yuk avtomobili ishlab chqarildi. 2000-yilda esa bu koʻrsatkichlar
483 va 102 tani tashkil etdi.2001-yilda Oʻzbekistonda automobil sanoatida band boʻlgan ishchilar soni 14 mingga yetdi.

Ishlab chiqarilgan auotmobil nomlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz