Oʻzbekiston amputantlar milliy futbol terma jamoasi




Oʻzbekiston amputantlar milliy futbol terma jamoasi — amputantlar oʻrtasidagi xalqaro turnirlarda va futbol oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini himoya qiladigan amputant nogironlar oʻrtasidagi milliy futbol jamoasi. Milliy terma jamoani nazorat qiluvchi va boshqaradigan tashkilot Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hisoblanadi. Oʻzbekiston terma jamoasi XAFFga kiritilgan va dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Uch karra Jahon kubogi gʻolibi.

Tarixi



1988-yil oktabr oyida amerikalik Bill Barri Amerikaning Sietl shahri bilan qardosh Toshkentga keldi va Afgʻonistonda jang qilgan yigitlarni oʻzining „Futbol nogironlar uchun“ dasturi bilan tanishtirish uchun oʻzi bilan 22 juft yengil hassa tayoq olib keldi. „Matonat“ klubi va uning negizida Oʻzbekiston terma jamoasi tashkil etildi. Ayni paytda jamoa koʻplab xalqaro va respublika turnirlarining gʻolib va sovrindori hisoblanadi.

2019-yil Rossiya o'tkazilgan xalqaro turnirda terma jamoa vakillari umumiy 5 ta uchrashuvda qatnashib 42 ta gol urishda va turnir chempioniga aylanishdi.

Jaxon chempionatlari



2022-yilgi Amputantlar o'rtasidagi jahon kubogi ga O'zbekiston terma jamoasi O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi rahbarligida astoydil tayorgarlik ko'rdi. Bir qator o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazildi. Jamoa tarkibiga Yevropada top suradigan futbolchilar ham jalb etildi. Terma jamoa yarim final bosqichigacha yetib bordi.

Yutuqlari




Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz