O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi aloqa va axborotlashtirish sohasidagi masalalarni hal etish va davlat siyosatini olib borish hamda radiochastota spektridan foydalanish uchun vakolatlangan muvofiqlashtiruvchi boshqaruv organi hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-mayda PF-3080-son „Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommnikatsiya texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida“ farmoniga binoan Oʻzbekiston Respublikasining sobiq Aloqa vazirligi zaminida tashkil etilgan Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga aylantirilgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org