Oʻzbekiston — Luksemburg munosabatlari




Oʻzbekiston — Luksemburg munosabatlari — 1996-yil Italiyaning Florensiya sh.da tuzilgan "Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasida sheriklik va hamkorlik haqida bitim" Oʻzbekiston bilan Luksemburgning savdo-iqtisodiy munosabatlari uchun ham huquqiy negiz yaratdi. 1997-yil iyulda Luksemburgda ikkala davlat oʻrtasida ikkiyoqlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad va sarmoyadan soliq toʻlashdan boʻyin tovlanishining oldini olish qaqida konvensiya imzolandi. 1998-yil aprelda Oʻzbekiston bilan Belgiya—Luksemburg Iqtisodiy Ittifoqi oʻrtasida investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish toʻgʻrisidagi bitimga imzo qoʻyildi.

Oʻzbekiston Respublikasi bilan Luksemburg oʻrtasidagi tovar aylanmasi 2000-yilda 0,4 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Oʻzbekiston Respublikasida Luksemburgning transport xizmati koʻrsatuvchi "Astros S.A." firmasining vakolatxonasi mavjud.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz