Oʻzbekiston — Eron munosabatlari
Oʻzbekiston — Eron munosabatlari — Eron Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligini tan olib, ikki davlat oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilgach, 1992-yil noyabrda Eroning Toshkentdagi elchixonasi, 1995-yil mayda Oʻzbekiston Respublikasining Tehrondagi elchixonasi oʻz faoliyatini boshladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Eronga ilk tashrifi 1992-yil noyabrda boʻlib oʻtdi. 2000-yil 10—11-iyunda OʻzR Prezidenti Islom Karimov Iqtisodiy Hamkorlik Tashkshyutiga aʼzo davlatlar rahbarlarining Eronda boʻlib utgan 6sammitida ishtirok etdi. 2003-yil 17—18-iyunda rasmiy tashrif bilan Eronda boʻldi. 2002-yil 26—28-aprelda Eron Islom Resggublikasi Prezidenti S.M.Hotamiyning OʻzRga rasmiy tashrifi amalga oshirildi. Ana shu tashriflar natijasida ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning shartnomaviyhuquqiy asoslari yaratildi.
Ikki mamlakat oʻrtasida transportkommunikatsiya, neftkimyo, bank, bojxona, farmatsevtika, uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va giyohvand moddalarning noqonuniy tarqatilishiga qarshi kurash sohalarida keng hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Hoz. kunda Oʻzbekiston va Eron munosabatlarining shartnomaviyhuquqiy asosini 50 dan ortiq hujjat tashkil etadi. Oʻzbekiston Respublikasi va Eron oʻrtasida savdoiqtisodiy sohadagi oʻzaro manfaatli hamkorlikning tamoyil va yoʻnalishlarini belgilab beruvchi bir qator davlatlararo va hukumatlararo shartnomalar hamda idoralararo hujjatlar imzolangan. Ikki tomonlama munosabatlar „Savdoiqtisodiy aloqalar toʻgʻrisida“, „Sarmoyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish“, „Ikki tomonlama soliqqa tortishdan qochish va olingan foyda va kapitalga solinadigan soliqlar haqida maʼlumot bilan almashish toʻgʻrisida“gi shartnoma va qator hukumatlararo memorandumlar bilan tartibga solinadi. 2004-yil yakuniga koʻra, Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 370 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Eron Islom Respublikasi Oʻzbekistonning 10 ta yetakchi savdo hamkori qatoridan_joy olgan. Eron Oʻzbekistondan paxta tolasi, rangli metall va undan yasalgan buyumlar, qora metall va metall buyumlar, mineral yoqilgʻi, neft va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar, mexanik stanoklar, xizmatlar, oʻgʻit, kimyoviy shtapel tolalari va h.k. oladi va Oʻzbekistonga bogʻdorchilik mahsulotlari, oʻsimlik va hayvon yogʻi, poyabzal, kimyoviy ip, kir yuvish vositalari, gilam va gilam mahsulotlari, plastmassa va undan tayyorlangan buyumlar, xizmatlar, toʻqimachilik hamda organik kimyoviy mahsulotlar, kofe, choy, shirinlik va doridarmon yuboradi. 1993-yilning 18-oktyabr da imzolangan hujjat asosida Oʻzbekiston Respublikasi va Eron Islom Respublikasi oʻrtasida Savdoiqtisodiy va ilmiytexnikaviy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya tashkil etilgan. Oʻzbekistonda Eron sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan 53 korxona bor, ulardan 40 tasi qoʻshma korxona, 13 tasi esa 100 % Eron sarmoyasi asosida ish olib bormoqda. Mazkur korxonalar asosan xalq isteʼmoli mollari, qandolat, tikuvchilik va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, qurilish materiallari hamda gilamlar ishlab chiqarish, shuningdek, yuk tashishga ixtisoslashgan. Oʻzbekistonning eksport yuklarini jahon bozorlariga olib chiqishda Eron transport kommunikatsiyalaridan ham keng foydalanilmoqda. Oʻzbekiston temir yoʻlchilari faol ishtirok etgan Tajan — Saraxs — BandarAbbos temir yol yoʻnalishining ishga tushirilishi (1996) Oʻrta Osiyoda joylashgan davlatlarga Fors qoʻltigʻi orqali jahon bozoriga chiqish imkonini berdi. 1993-yil 17-martda „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ milliy aviakompaniyasi va Eronning fuqaro aviatsiyasi tashkiloti tomonidan ikki mamlakat oʻrtasida havo qashovini yoʻlga qoʻyish boʻyicha Anglashuv memorandumi imzolandi. 1994-yil avgustdan boshlab „Eron eyr“ aviakompaniyasining havo kemalari haftasiga bir marta Tehron — Toshkent — Tehron yoʻnalishi boʻyicha muntazam havo qatnovini amalga oshirmoqda.
2002-yil Samarqand shahridagi Panjob madaniyat markazi qoshida E. bilan hamkorlikda Panjob shifoxonasi ochilgan. Shuningdek, Samarqandda Eroning „Doktor Obidiy“ farmatsevtika shirkati bilan qoʻshma korxona tuzilgan.
Ikki davlat oʻrtasidagi madaniy va maʼrifiy aloqalar 1999-yil 8-sentyabrda taʼsis etilgan „OʻzbekistonEron“ doʻstlik jamiyati doirasida olib borilmoqda.
Tashriflar
Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 5-aprel kuni mamlakatda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarifni qabul qildi. Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan Eron oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi hamkorlikning bugungi ahvoli va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.
Manbalar
{{}Manbalar}
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi munosabatlar geografik, siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan yaqin aloqalarga ega bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi tarixiy rishtalar va umumiy manfaatlar asosida rivojlanib kelmoqda. Quyida ushbu ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar haqida batafsil ma’lumot beriladi.
Tarixiy va madaniy aloqalar
O‘zbekiston va Eron mintaqaviy tarixda uzoq muddat bir-biriga yaqin bo‘lgan davlatlar hisoblanadi. Har ikki mamlakat fors-turkiy madaniyatining markazida joylashgan bo‘lib, ular orasida madaniy va til jihatidan o‘xshashliklar mavjud. Tarixan, Eron hududida fors madaniyati, san’ati va ilm-fani rivojlangani kabi, O‘zbekistonda ham ushbu madaniyatning ta’siri sezilgan. Shuningdek, Islom dini va madaniyati orqali ham ikki davlat o‘rtasida yaqin kontaktlar bo‘lgan.
Siyosiy munosabatlar
Mustaqillikka erishganidan so‘ng, O‘zbekiston va Eron o‘rtasida rasmiy diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan. Ikkala davlat ham Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqning muhim davlatlari sifatida mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashda hamkorlik qilishni maqsad qilgan. Ularning siyosiy aloqalari ko‘plab xalqaro forumlarda, jumladan BMT, SHHT (Shanxay Hamkorlik Tashkiloti) kabi tashkilotlarda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Iqtisodiy hamkorlik
O‘zbekiston va Eron o‘rtasida iqtisodiy aloqalar doimo rivojlanib bormoqda. Ikkala mamlakat o‘zaro savdo, sarmoya kiritish va energetika sohasida hamkorlik qilmoqdalar. Eron gaz va neft resurslarida boy bo‘lsa, O‘zbekiston tabiiy gaz ishlab chiqaruvchi davlat sifatida Eron bilan energetika sohasida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshiradi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi, metallurgiya, transport va turizm sohalarida ham ikki tomonlama loyihalar mavjud.
Madaniy va ta’lim sohasida hamkorlik
O‘zbekiston va Eron o‘rtasida madaniy almashinuv, til o‘rganish va ta’lim sohasida ham faol hamkorlik mavjud. Ko‘plab talaba va olimlar ikki davlat o‘rtasida o‘qish va ilmiy tadqiqotlar uchun almashinuv dasturlarida ishtirok etishadi. Bundan tashqari, Eron O‘zbekistonda fors tillari va madaniyatini o‘rgatish uchun markazlar ochgan.
Xulosa
O‘zbekiston va Eron munosabatlari uzoq yillik tarixiy, madaniy va geosiyosiy aloqalar asosida mustahkamlangan. Ikkala mamlakat o‘zaro manfaatlarga asoslangan hamkorlikni rivojlantirishga intilmoqda, bu esa mintaqada barqarorlik, iqtisodiy taraqqiyot va madaniy integratsiyani kuchaytirishga yordam bermoqda. Kelajakda ham turli sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollari mavjud.