O‘zbekiston 2018-yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarida
Oʻzbekiston 2018-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida 2 sport turi boʻyicha 2 nafar sportchi ishtirok etdi.
Natijalari
Konki sport turi
Figurali uchish 2018-yilgi Olimpiada oʻyinlari uchun yoʻllanmalarning aksariyati sportchilarning 2017-yilgi Jahon chempionatidagi natijalariga koʻra taqsimlangan. Natijada Oʻzbekiston terma jamoasi erkaklar oʻrtasidagi konkida uchish boʻyicha bitta lisenziyani qoʻlga kiritdi, bu esa Misha Gening oʻn ikkinchi oʻrinni egallashi natijasida erishildi..
Changʻi sport turi
Togʻ changʻi sporti Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish uchun sportchilarning malakasi 2018-yil 21-yanvariga koʻra maxsus FIS malaka reytingi asosida amalga oshirildi. Shu bilan birga, MOQ Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish uchun faqat oʻz yoʻnalishi boʻyicha Olimpiya reytingining eng yaxshi 500 taligiga kirgan va shu bilan birga saralash jadvaliga koʻra maʼlum miqdordagi ballga ega boʻlgan sportchini tanlashi mumkin edi. 500 ta eng kuchli sportchi orasida ishtirok etmagan mamlakatlar texnik yoʻnalishi boʻyicha faqat „B“ toifali kvotalar uchun saralashlari mumkin edi. Saralash yakunlariga koʻra, Komiljon Toʻxtayevning muvaffaqiyatli oʻyinlari evaziga Oʻzbekiston terma jamoasi erkaklar oʻrtasidagi bahslarda „B“ toifasidagi Olimpiya yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Erkaklar
Manbalar
Havolar
uz.wikipedia.org