Oʻzbekiston 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida




Oʻzbekiston delegatsiyasi Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida 5-21-avgust kunlari boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida oltinchi bor qatnashadi.

Ishtrokchilar




Milliy terma jamoa tarkibi




Boks




2015-yil 18-iyul kuni, Toshkentda Boks boʻyicha APB (AIBA Pro Boxing) musobaqasining 60 kg.gacha boʻlgan vazn toifasida birinchi bosqichning ikkinchi uchrashuvida rossiyalik Dmitriy Polyanskiyni magʻlub etib, Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da oʻtkaziladigan Olimpiada oʻyinlarining yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Erkaklar

Xitoyning Kuinan shahridagi "Tangshan Jiujiang" sport majmuasida Olimpiada yoʻllanmalari uchun kechgan turnirda xotin-qizlar bellashuvlarida 51 kg. vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Yodgoroy Mirzayeva yarim final bahsida Xitoy Taypeyi vakilasiLi Yu-Tingga qarshi ringga koʻtarilib, qiyin oʻtgan bahsda 2:1 hisobida gʻalaba qozonishning uddasidan chiqdi va Yodgoroy oʻzbek ayollar boksi tarixida 51 kg. vaznda Olimpiada yoʻllanmasini kiritgan ilk bokschiga aylandi.

Ayollar

Eshkak eshish



Indoneziyaning Palembang shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida bir yoʻla besh nafar Oʻzbekistonlik 2016-yili Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da oʻtkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada oʻyinlarining yoʻllanmasi uchun belgilangan meʼyorni bajardilar.

Aleksey Mochalov baydarka, Gerasim Kochnev esa kanoeda eshkak eshish boʻyicha yakkalik qayiqda 1000 metr masofaga oʻtkazilgan poygada,
Kanoeda eshkak eshish boʻyicha ikki kishilik qayiqda 1000 metr masofaga boʻlib oʻtgan poygada Vadim Menkov va Serik Mirbekov,
Baydarkada eshkak eshish boʻyicha 200 metr masofaga oʻtkazilgan yakkalik poygalarida Olga Umaralieva yoʻllanmalarni qoʻlga kiritishgan.

Sprint



Erkaklar

Women

Qisqartmalar: FA = A Final yoʻllanmasi(medal); FB = B Final yoʻllanmasi (medalsiz, 8-16 oʻrinlar uchun)

Yengil atletika



Yengil atletika sport musobaqalarida shu kunga qadar quyidagi sportchilar yoʻllanmalarga ega boʻlishdi:

Marafon



Erkaklar marafoni
1 yoʻllanma

Ayollar marafoni 
2 yoʻllanma  

Polshada engil atletika boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro marafonda surxondaryolik Sitora Hamidova 2015-yil Xitoyda oʻtkaziladigan jahon chempionati va 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) boʻlib oʻtadigan XXXI yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

2. Marina Xmelevskaya Germaniyaning Berlin shahrida 42 km. masofaga oʻtkazilgan marafonda 2 soatu 38 daqiqa 39 soniyada marra chizigʻiga etib keldi va 2016-yili Rio-de-Janeyro shahrida oʻtkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma oldi.

10000 metrga yugurish



1 yoʻllanma  

Balandlikka sakrash



1 yoʻllanma  

Ispaniya poytaxti Madrid shahrida oʻtkazilgan IAAF World Challenge turnirida hamyurtimiz Svetlana Radzivil 1 m. 94 sm balandlikni zabt etib, kumush medal va 2016-yil Rio-de-Janeyro shahrida oʻtkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada oʻyinlari yoʻllanmasiga ega boʻldi.

Bosqon uloqtirish



1 yoʻllanma  

Qozogʻistonning Olma-ota shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro xotira turnirida hamyurtimiz Suhrob Xoʻjaev bosqon uloqtirish musobaqasida 78.22 metr natija bilan 2016-yilgi Olimpiada oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Nayza uloqtirish



1 yoʻllanma  

Tojikiston poytaxti Dushanba shahrida engil atletika boʻyicha oʻtkazilgan mamlakat ochiq kubogi bahslarida hamyurtimiz Bobur Shokirjonov 2016-yili Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da oʻtkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma oldi.

O'n kurash



1 yoʻllanma

Dzudo



Kurash



Erkin kurash




2015-yilning 7-13 sentabr kunlari Las-Vegas (AQSh)da sport kurashlari boʻyicha kattalar oʻrtasida oʻtkazilgan Jahon chempionatida Ihtiyor Navroʻzov Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da oʻtkaziladigan Olimpiada oʻyinlarining yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Erkaklar

Yunon-rum kurashi




2015-yilning 7-13 sentabr kunlari Las-Vegas (AQSh)da sport kurashlari boʻyicha kattalar oʻrtasida oʻtkazilgan Jahon chempionatida yunon-rim kurashi boʻyicha, Osiyo oʻyinlari gʻolibi, ikki karra Osiyo chempioni Rustam Assakalov Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da oʻtkaziladigan Olimpiada oʻyinlarining yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Erkaklar

Ogʻir atletika



Ogʻir atletika bahslarida erkaklar jamoasi beshta yoʻllanmani qoʻlga kiritgan. Besh yoʻllanmaga egalik qiladigan sportchilar 2016-yilning 20-iyunida Oʻzbekiston oʻgʻir atletika federatsiyasi tomonidan maʼlum qilinadi.

Erkaklar

Tennis



Denis Istomin

Stol tennis




Taekvondo



2015-yilgi Jahon chempioni Dmitriy Shokin (+80 kg) WTF Olimpiya oʻyinlari reytingini 1-pogʻonada yakunladi va yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Ayollar

Merganlik



Gimnastika



Sport gimnastikasi



Badiiy gimnastika



Tramplin



Suzish



FINA Gran-Prisining birinchi kuni hamyurtimiz Raʼnoxon Amanova 200 metr masofaga kompleks suzishda belgilangan meʼyorni bajardi va XXXI yozgi Olimpiada oʻyinlarida qatnashish xuquqini qoʻlga kiritdi.

Velosport



Qilichbozlik



Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz