Oʻzbekiston 2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida
XXII qishki Olimpiada oʻyinlarida uch nafar Oʻzbekistonlik sportchilar, Misha Ge (figurali uchish, yakkalik) hamda togʻ changʻichilarimiz Artem Voronov va Kseniya Grigorevalar Olimpiada oʻyinlari yoʻllanmalarini qoʻlga kiritishgan..
7-23- fevral kunlari Rossiyaning Sochi shahrida XXII qishki Olimpiada oʻyinlarida Oʻzbekistondan 3 nafar sportchi qatnashadi. Yana ikki sportchi XXI qishki Paralimpiya oʻyinlarda Oʻzbekiston vakili boʻladi.
Togʻ changʻichi Ramil Giyazov va snoubordist Evgeniy Slepov paralimpiyachilar oʻyinlarda qatnashadilar.
Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan Misha Ge figurali uchish musobaqalarida 17 natijani qayd etdi. Togʻ changʻichilarimiz Kseniya Grigoreva gigant-slalomda 64-oʻrinni, slalomda esa birinchi urinishda 54 natijani qayd etdi. Artem Voronov esa gigant-slalomda 67-oʻrinni, slalomda esa 39-oʻrinni band etdi.
Figurali uchish
Togʻ changʻisi
Erkaklar
Ayollar
Manbalar
uz.wikipedia.org