Oʻzbekiston 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida
Andoza:Oʻzbekiston Olimpiada oʻyinlarida
2012 Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sportchilari ham ishtirok etishdi. Jami 13 sport turida 54 nafar sportchi qatnashdi. Ochilish marosimida Oʻzbekiston bayrogʻini bokschi Elshod Rasulov koʻtarib bordi.
XXX Yozgi Olimpiada o’yinlarida O’zbekiston Olimpiya jamoasi tarkibida, Eng yosh ishtrokchi Ra'noxon Amanova bo’ldi. 1994-yilda 8-martda tug’ilgan. Ra'noxon 200 mеtrga komplеks suzish bo’yicha musobaqalarda ishtrok etdi.
Sovrindorlar
Ishtrokchilar
Yengil atletika
Oʻzbekistonlik yengil atletikachilar ushbu o'yinlarda A va B standartlarini bajargan holda Olimpiada yo'llanmalarini qo'lga kiritganlar:
Qisqartmalar
Q = Keyinggi bosqich yo'llanmasi
q = Pastki o'rinlardagi eng yaxshi natija sifatida, keyinggi bosqich yo'llanmasi hal qilingan
SR = Shaxsiy rekord
Erkaklar Yoʻlak musobaqalari Maydon musobaqalari O'n kurash
Ayollar Yoʻlak musobaqalari Maydon musobaqalari Boks
London-2012 Olimpiada bahslarida Oʻzbekiston shaʼnini oltita sportchi himoya qildi. Oltita sportchidan 5 tasi chorak final bahslariga qadar oʻz ishtroklarinin davom ettirishdi. Finaldan oldingi kichik final deb ataladigan chorak final bahslaridan (boisi, ushbu bosqichdan oʻta olgan sportchi albatta olimpiada medalini qoʻlga kiritadi), faqatgina Abbos Atoev yarim finalga chiqib, yakunda bronza medalni qoʻlga kiritdi.
Eshkak eshish
Qisqartmalar:
FA = A Final yoʻllanmasi(medal);
FB = B Final yoʻllanmasi (medalsiz, 8-16 oʻrinlar uchun)
Velosport
Qilichbozlik
London-2012 Olimpida bahslarining Qilichbozlik bahslarida Oʻzbekiston sharafini bitta sportchi himoya qildi. Dastlabki bosqichda Ruslan Kudaev Janubiy Koreyalik Park Kyong Duga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va uni 15:9 hisobida magʻlub etdi.
Chorak finalda, Ruslan Kudaevning raqibi Silvio Fernandez boʻldi. Venesuelalik shpagachi dastlabki bosqichda qozogʻistonlik kuchli qilichboz Dmitriy Aleksanin magʻlub etgandi. Nimchorak finalda esa Fernandes hamyurtimizga imkon qoldirmadi. Yakuniy hisob — 15:3. Kudaev birinchi marta olimpiadada ishtirok etganini inobatga olganda, debyut yomon chiqmadi.
Gimnastika
Sport
Badiiy
Badiiy gimnastika boʻyicha yakka tartibdagi koʻpkurash musobaqalarida ishtirok etgan Ulyana Trofimova saralash bosqichi yakuniga koʻra, Toʻrtta yoʻnalish — halqada, koptokda, gurzi va lentada chiqishlarini namoyish etdi. Musobaqalar yakunida, Trofimova umumhisobda hakamlar tomonidan 97.350 bahoga munosib koʻrildi. Bu natijasi bilan Trofimova 24 sportchi orasida 20-oʻrinni egallagan.
Tramplin
Dzudo
Abdulla Tangriyev kvalifikatsiyadan oʻtgandi, biroq qonida nasha izi topilgani uchun qatnashmaydi.
Dzudo terma jamoamiz Olimpiya oʻyinlariga 6 kishi bilan yoʻl olgandi. Afsuski, Andrey Shturbabin shogirdlari Londonda bor-yoʻgʻi bitta bronzani qoʻlga kirita oldilar. Vaholanki, Pekin-2008da dzudochilarimiz delegatsiyamiz hisobiga bitta kumush (Abdulla Tangriev) va bitta bronza (Rishod Sobirov) medalini taqdim etishgandi. Koʻrinib turibdiki, London-2012 bahslarida dzudo terma jamoamizda pasayish kuzatildi va ular oʻziga yuklatilgan vazifani to'liq bajara olishmadi.
Erkaklar
Merganlik
Suzish
Ushubu Olimpida bahslarida ikki nafar Oʻzbekistonlik sportchi, suzish normativlarini bajargan holda London-2012 bahslariga yoʻllanmani qoʻlga kiritishgan:
Ayollar
Taekvondo
Tennis
Tennis musobaqalarining birinchi bosqichida dunyoning 16-raketkasi ispaniyalik Fernando Verdaskoga (Londonda 14-tartib raqam ostida) qarshi kortga chiqqan Denis Istomin 1 soatu 35 davom etgan uchrashuvda gʻalaba qozonib keyingi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Birinchi setda
6/4 , ikkinchi setda
7/6 (tay-brekda
11/9 ) hisobida gʻalaba qozongan Istomin keyingi bosqichga yoʻl oldi.
Denis Istomin tennis musobaqasining
1/32 finali da lyuksemburglik Gilles Myullerni magʻlubiyatga uchratib, nimchorak finalga chiqdi.
Lyuksemburglik sportchiga qarshi oʻyin juda ogʻir oʻtdi. Hech bir sportchitoʻpni oʻzi oʻyinga kiritgan geymda raqibiga ochko bermadi. Natijada birinchi va ikkinchi setlarda tay-brek oʻynaldi. Dastlabkisida Myuller gʻalaba qozongan boʻlsa (7-4), ikkinchi setda hamyurtimiz gʻalabani qoʻlga kiritdi (7:3).
Uchinchi set ham tay-brekk yaqinlashgan paytda Istomin nihoyat brekpoint ishladi va uchinchi setni 7:5 hisobida oʻz foydasiga hal qildi. Setlar boʻyicha esa hisob — 2:1.
Denis Istomin (Oʻzbekiston) va musobaqaning 1-tartib raqamli tennischisi Roger Federer (Shveysariya) oʻrtasidagi nimchorak final bahsi ancha qiziqarli oʻtdi. Kuchli raqibga qattiq qarshilik koʻrsatgan Denis yakunda tajribali raqibiga imkoniyatni boy berdi. Umumiy hisob —
2-0 (7:5, 6:3) Bahs yakunlangandan soʻng, Jahonning birinchi raketkasi Rojer Federer Oʻzbekistonning birinchi raqamli raketkasi Denis Istominga qarshi bahs oson boʻlmaganini taʼkidlab oʻtdi.
„Oʻyin oson boʻlmadi. Men bahsni yaxshi boshladim va 3:0 hisobida oldinga chiqib oldim. Keyin esa raqib oʻz oʻyinini topib oldi va men xatolarga yoʻl qoʻya boshladim. U agressiv harakat qila boshladi, toʻplarni yaxshi oʻyinga kiritdi. Keyin esa hisob 5:5, 15-30 paytida yomgʻir tufayli tanaffus yozaga keldi. Bu unchalik yoqimli holat emas“, deydi shveysariyalik tennischi.
„Qiyinchilikni engib oʻtganimdan xursandman. Denis yaxshi oʻynadi va u birinchi setda meni magʻlub etishi mumkin edi. Men 2ta setbolni bartaraf etdim. Bu tomonlama menga omad kulib boqdi. Ikkinchi boʻlimda esa xatolardan xulosa chiqargan holda, raqibga tashabbusni qoʻlga kiritish imkonini bermadim“, deydi Federer.
Ogʻir atletika
Erkaklar
Ayollar
Kurash
Erkin kurash
Yunon-Rum kurashi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org