Oʻzbek xalq shevalari lugʻati
„
Oʻzbek xalq shevalari lugʻati “ — 1971-yilda chop etilgan kitob Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻizistonning janubiy tumanlari hamda Qoraqalpogʻistonda yashovchi oʻzbeklarning qorluq, qipchoq, oʻgʻuz lahjalariga oid shevalar boʻyicha toʻplangan maʼlumotlar orqali tayyorlangan maxsus lugʻatdir. Kitob turkologlar va hozirgi oʻzbek tili, til tarixi hamda dialektologiyasi bilan shugʻullanuvchi va qiziquvchi ommaga moʻljallangan. Ushbu lugʻat 30—40-yillarda boshlangan ilmiy izlanishlarning natijasi oʻlaroq 2 ming nusxada chop etilgan.
Tuzuvchilar
Lugʻat filologiya fanlari doktori Shonazar Shoabdurahmonov, filologiya fanlari kondidatlari Ahmad Ishayev, Shukur Nosirov va Haydarali Uzoqov va kichik ilmiy xodim Doʻstmurod Abdurahmonovlar tomonidan tuzilgan. Lugʻat uchun kerakli maʼlumotlar professor V. V. Reshetov, professor K. K. Yoʻdaxin, professor A. K. Borovkov, professor Polivanovlarning hamda filologiya fanlari kondidatlari B. J. Joʻrayev, A. Y. Aliyev, H. Gʻulomov, Y. Jumanazarov va boshqa oʻzbek dialektologlarning eʼlon qilingan asarlaridan olingan. Lugʻat kitobning oxiriga „Oʻzbek shevalarining qarindoshlik terminlari“ (A. Ishayev) hamda oʻzbek shevalarining fonetik-morfologik ocherki (SH. Shoabdurahmonov) ilova qilingan.
Lugʻat tavsifi
Lugʻatga asosan quyidagi soʻzlar kiritilgan:
Lugʻatga oʻz davrida mavjud boʻlgan soʻzlarning eng muhimlarigina kiritilgan. Lugʻat uchun asosiy manba shevaga oid yaratilgan materiallar boʻlsa-da, xalq folklorlaridan ham keng foydalanilgan. Lugʻatda keltirilgan soʻzlarning ruscha tarjima maʼnosi ham berilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org