Oʻzbek urugʻlari




O‘zbek ulusi tarkibiga kiruvchi turk urug‘lar nafaqat Oʻzbekiston hududida, balki butun Oʻrta Osiyo hududlarida tarqalgan. urugʻlariga moʻgʻullar istilosidan oldingi va istilo davrida hamda shayboniylar davrida kelgan etnik guruhlar ham kiradi. Shuningdek, Oʻrta Osiyoda qadimdan yashab kelayotgan chigʻil, yagʻmo, usun, tuxsi, xalach va boshqalar turkiy etnik guruhlar ham oʻzbek ulusi tarkibiga kirgan.

Oʻrta Osiyo xalqlarining 19-asr 2-yarmi — 20-asr boshlaridagi tarixiy taqdiri va taraqqiyot bosqichlari chor Rossiyasining mustamlakachiligi davri bilan bogʻliq. Keyinchalik mintaqada Sovet hokimiyatining oʻrnatilishi bilan Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish oʻtkazilib, 5 ta milliy respublikalar tashkil etildi. Shu bilan shakllangan elatlar taraqqiy etayotgan tarixiy makon sunʼiy ravishda boʻlib yuborildi. Mintaqa xalqlarining assimilyatsiya, konsolidatsiya jarayonlariga jiddiy taʼsir oʻtkazilishi va keyinchalik „sovet xalqi“ nomli yagona etnik birlikni yaratish haqidagi nazariyani amalga oshirilishi borasidagi olib borilgan siyosat ham oʻzbeklarning milliy etnik qiyofasiga, mentalitetiga raxna sola olmadi.

Tarix



Bugungi o'zbeklar, Shayboniyxon o'g'illarining ulusi Movarounnahr va Xorazmga O‘zbekhon ulusining butun muassasalari va tashkilotlari bilan kelgan edilar. Hatto hukumatda urug‘larning egallagan o'rinlari ham ko'paygandi. O'zbeklar temuriylarni yengar ekan, har yerda o'zlarining tashkilotlarini o'rnatdilar.

Shunday qilib, Oltin O'rdaning „ich eli“ hisoblangan va saroyga yaqin hamda yaxshigina madaniyatli unsurlar ham kelgan edilar. Shuningdek, Movarounnahrga kelgan shayboniylar, tarixchi O'tamish Hojining ta'biriga ko'ra, eskidan „O'zbek ulusi“… mang'itlarning o'troq urug‘lari yashamoqda bo'lgan Turonzaminda, tom madaniy qism zaminida hokim bo'lgan xalqdir. Markazi „Oq ko'l“, „Chalqar ko'l“ bo'lgan To'rg'ay viloyati shayboniylar qo'liga o'tgan. Ilgari bu yerlarni, keyin Sirdaryoning narigi chegaralarini va 1431-yildan Xorazmda umr kechirgan Abulxayrxon „Turon va boshqurt“ taraflarini shayboniylar qo'lidan va G'arbiy Sibiriyani Mahmudbekxonning qo'lidan olgan edi. Bu zot davlat idorasini Jo'ji ulusining janub va shimol tarafidagi ziroat sohalariga qaratib, o'troq o'lkalarga aylantirmoq siyosatini targ'ib etgan edi. Zotan, zamonning buyuk olimlaridan Husayn Xorazmiy bu xonning nomiga atab turkcha go'zal bir asar — „Qasidai Burda“ni yozgan edi. Mas'ud Ko'histoniy degan bir odam ham uning hayotini tavsif etgan bir forsiy tarix kitobini bitgan ekan.

O'zbeklarning katta bir qismi XVI asrda Zarafshon havzasida va Xorazmda o'troq va dehqonchilik hayotiga o'tdi. Bular yana Sirdaryo havzasida va Turon taraflarida yashagan vaqtida o'troq hayotga o'tayotgan bo'lsalar kerak. Shayboniyxon esa Sirdaryo ila Ashtarxon orasida etishgan bir sultondir. Shayboniyxondan keyin Movarounnahrga kelgan avlodlaridan Mahdi va Hamza sultonlar ilgari Turonzaminning qal'a va istehkomlariga va ma'mur qismlariga ega bo'lgan Baxtiyor sultonning o'g'illari edi. Ular bilan kelgan o'zbeklar so'nggi temuriylar zamonida kelganliklari aytib o'tiladi.
Qabila tuzilishiga ko'ra „O'zbeklar“ni har yerda to'qson ikki bov o'zbek deb ataydilar. Bov — bu qabila-urug‘ demakdir.

92 nasabnoma



Boshqurtlar ichida shunday bov bor: „O'n ikki bovli boshqurt“ deydilar. O'zbeklarda 92 urug‘ bir „Nasabnoma“ bor-dir.
„Nasabnoma“ning XVI—XVII asrlarda yozilgan nusxalari bilan yangi nusxalari orasida farq juda oz. (Masalan, Oxund Qurbonali va Xanikov hamda Shayx Sulaymon nashrlari). Shubha yo'qdirki, „Nasabnoma“ o'zbeklarning Oltin O'rda zamonidagi yangi Mang'it — No'g'oy va qozoqlar ayrilmasdan ilgarigi hayotiga oiddir. Bu urug‘lar shulardir:

Ming, Yuz, Qirq, Ungajit, Dayman, Qipchoq, Arg'in, Burloq, Busloq, Chemarchin, Bo'zay, Qatay (Xitoy), Jit, Juyut, Saljovut, Mang'it, Qang'it, Oymavut, Ulaji, Gulegen (?), Qishliq, Tomo, Mechet, Kirderi, Ramadan, Juyrat, Bo'zaji, Uysun, Tatar, Tilov, Shirin, Ag'ir (Og'iran), Buzan, Buzaq, Barin (Bahrin), Mo'g'ul, Nukus, Jaloyir, Saroy, O'ng', Qo'ng'irot, Olchin, Chichoq, Qalmoq, Oyrat, Qorluq, Turgavut, Qatag'on, Kilechi, Kenagas, Bo'yrak, Qiyot, Qangg'li, O'zje bo'luji, Upulachi, Gulun, Boyovut, O'tarchi, Arlot, Kerayit, O'ngg'qut, Qachat, Merkat, Burqut, Quralash, Qarlop, O'g'lon, Kudey, Turkman, Do'rmon, Tobin, Mumun, Aday, To'qsaba, Qirg'iz, Uyruji, Jo'rga, Batash, Qo'ysun, Sulduz, Tumay, Ko'rlavut, Jilkash, Yug'ur, Yobu (Yeqabu), Mo'ytan, Major, Qo'jaliq, Cho'ran, Churchut.

Ro'yhat[6]




Bu aytilgan qabila ismlarining 33 qadari moʻgʻul qabilalarining, boshqalari esa Joʻji ulusidagi butun mashhur turk qabilalarining bir qismidir. Bizga bugun nomaʼlum boʻlgan qabilalarning nomidir. Oʻzbeklar kelmasdan avval Movarounnahrda yashab, soʻng ularga aralashib ketgan Barlos, Qovchin kabi qabilalar bu orada yoʻqdir. Zikr etilgan 92 qabiladan 45 qadari bugun oʻzbek hayotiga oiddir. Aytilgan moʻgʻul qabilalari esa albatta Joʻji ulusiga kelgan moʻgʻul qismlarini tashkil qilgan mongollardir. Mongolcha atalgan qabilalarning katta qismi bu erda, Movarounnahrda va Xorazmda yashaydilar. Anʼana shaklidagi bu „Nasabnoma“ bizga Movarounnahr va Xorazm oʻzbeklarining mazkur roʻyxatga kirgan toʻla qabilalarini, shu bilan birga Oltin Oʻrdaning asl istinodgohi boʻlgan butun kuchlarni koʻrsatuvchi va barcha tashkilotlarning hammasini Movarounnahrga barobar daxldorligini namoyon etsa kerak.

Qabilalar



Qabilalarning bugungi boʻlinishi esa quyidagicha:

Вохтамғали 18 та уруғга бўлинган: қозоқли, очамайли, қорақўнғирот, чанчиқли, болғали, баймоқли, жилонтамғали, абоқли, тароқли, ирғоқли, бўгажили, чўмичли, хандакли, қайчили, уювли, болғали, ишқили, кесовли.
Қўштамғали 16 уруққа бўлинган: қорақасмоқ, қорақалпоқ, кўчахўр, тўлангит, утроқли, кал, туловмат, мавлиш, кулоби, кўса, чол, бармоқ, саврибузар, самбуру, бандикучук, оқпичоқ.
Қонжиғали 14 та уруғга: қораурсоқ, нўғай, улус, молтака, чуллик, қўлдовли, чала, қуюн, қорабувра, қора, дўска, кўртўғай, желкиллак, тўпқора.
Ойинлилар 12 та уруғга бўлинган: ойтамға, чурон, качай, бешбола, ҳожибачча, оқтона, тупор, кал, қовға, туркман, қорақалпоқ, қора.
Тортувли 6 уруғга бўлинган: тўғиз, мўнка, обохли, майдатўба, ўр, чўпоқ.
Qoʻngʻirotning butun urugʻi shuʼbalari-tarmoqlari Amudaryo havzasida, Buxoroning Gʻuzor, Sherobod, Qoʻrgʻontepa viloyatlarida boʻladilar. Buxoroda koʻchmanchi umr kechiradilar. Xorazmdagilar esa oʻtroqdirlar.

Oʻzbek urugʻlaridagi shevalar



Oʻzbeklarning eski shevalarini va odatlarini oʻziga xos tarzda saqlaganlari, asosan Jizzax tumanida boʻladilar (Qirq, Qanggʻli, Soliq, Turk, Turkman, Nayman, Mangʻit, Qitoyyuz, Suloqli, Tuyoqli, Olacha, Burqut, Serkali, Baymoqli, Jaloyir, Kirgiz, Yuz, Quyon tuyoqli, Parchayuz, Qarabcha, Qushchi, Uroqli, Toʻqjori, Qoʻshtamgʻali, Saroy, Qonjigʻali). Faqat bu qabilalarning nufuzi juda ozdir. Sharqiy Buxoroda koʻchmanchilik hayotini toʻla tark etmaganlar Dushanbe atrofida „Laqay“, „Marqa kichik yuz“, Fayzobod atrofinda „Qarluq“ kabi qabilalardir.

XIX asr boshlarida hindistonlik Mir Izzatulloq tarafidan afgʻon Turkistonidagi Oʻzbeklar haqidagi tartib etilgan jadval biroz eʼtiborga molik. Bunga koʻra, u erdagi qabilalar quyidagilardir.
Shibirgʻon yaqinidagi Saripulda Ming qabilasining Ochamayli aymogʻi; uning yonida Sayyod degan joyda Ochamayli va Qazayogʻli, Ming, undan quyiroqda Qipchoq urugʻi, Qunduzda tamoman Qatagʻon, Balx hududida Saroy va Moʻytan urugʻlari, Badaxshonda Eshkamish va qatagʻonlarning Burga hamda Timish nomli aymoqlari yashaydilar. Norinda Chigʻatoy urugʻi. Mir Izzatulloh Moʻytan va Qatagʻon urugʻlarining aymoqlariga oid belgilarni beradi. Moʻytan etti aymoqdir: Tilikxona, Koʻrmishli, Qazayogʻli, Chagʻar, Sum, Oqshayiq, Chuchen, Qatagʻon urugʻi esa uch aymoqdir: Besh qaban, Saljovut, Toʻrt ota. Besh qabanning toʻrt boʻlagi bor: Laqqa (Laqay), Yangi Qatagʻon, Qesmavir, Qayon, Manas. Qesmavirning toʻrt tiragi bor: Oq togʻliq, Andijoni, Qalasi, Bumin. Manasning uch tiragi bor: Temish, Sarbagʻish, Burga. Toʻrt otaning toʻrt boʻlagi bor: Sariq Qatagʻon, Churoq, Boshsiz, Mardod. Churoqning ikki tiragi bor: Qiz otizi, Shoʻlang. Mardodning uch tiragi bor: Iuchata, Boʻzon, Joʻtuduq.

Oʻzbek qabilari ichida aristokrat — „Bekzod“ laqabini olganlar bor. Bular xonlarning taxtga chiqishi va mamla-katni boshqarishda faol ishtirok etganlar. Bulardan Xiva-da Qiyot-Qoʻngʻirot, Yoʻgʻur-Nayman, Qanggʻli-Qipchoq, Nukus-Mangʻit qabilalari, Buxoroda esa shayboniylar zamo-nida Qoʻshchi, Nayman, Qarluq, Boʻyrak kabilar. Mangʻitlar zamonida (Radlovga koʻra) Ming, Arlot, Borin, Batash urugʻlari maʼruf boʻlmishlar. Qatagʻonlar davrida „Bek-zod“lar saylaganlar. Urugʻlar ichida Tuyoqli, Moʻytan, Xitoy, Mangʻit va Qoʻngʻirotlarning Buxorodagi aksariyati Dashti Qipchoqdan eng keyin kelgan urugʻlardir. Bular ilgarigi Mangʻit-Noʻgʻoy, Qozoq hayʼatlariga dohil boʻlib, keyincha-lik Movarounnahrga kelganlar.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz