Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022)
„
Oʻzbek tilining izohli lugʻati “ — oʻzbek tilining olti jildli izohli lugʻati. Oʻzbek lotin yozuvida tayyorlangan ilk keng koʻlamli izohli lugʻat. Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori insituti hamkorlikda, Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan.
Lugʻat deyarli toʻliq tarzda 2006—2008-yillarda kirill yozuvida bosilib chiqqan izohli lugʻatga tayanadi. Lotin yozuvidagi nashr avvalgi nashrlarga muharrirlik qilgan Abduvahob Madvaliyev bilan bir qatorda Durdona Xudayberganova tahriri ostida tayyorlangan. Lotin yozuvidagi lugʻatdan kirill yozuvidagi versiyaga kiritilmagan 3 mingga yaqin soʻz oʻrin olgan.
Lugʻatga hozirgi oʻzbek adabiy tilida keng qoʻllaniladigan 80 000 soʻz va soʻz birikmalari, fan, texnika, sanʼat va madaniyat sohalariga oid atamalar, ayrim shevaga oid hamda tarixiy va eskicha soʻzlar kiritilgan. Lugʻatda soʻzlarning qoʻllanilishi oʻzbek adabiyoti va matbuotidan olingan misollar bilan dalillangan.
Lugʻatda 1990-yillarda qabul qilingan qoidalardan farqli oʻlaroq, kirill yozuvidagi „я“ hamda „ё“ harflari undosh harflardan keyin mos ravishda „ya“ va „yu“ oʻlaroq yozilgan. Xususan, oy nomi „sentabr“ emas, balki „sentyabr“ oʻlaroq yozilgan. Shuningdek, qoʻshtirnoqlar 1990-yillarda ishlab chiqilgan punktuatsiya qoidalaridagidek „...“ shaklida emas, balki inglizcha apostroflardek "..." yozilgan.
Jildlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org