O`zbek Tili




Oʻzbek tili (Oʻzbekcha)  — Oltoy tillari oilasining turkiy tillar turkumiga kiruvchi til. Ushbu til Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq davlat tili hisoblanadi.

Oʻzbek tili ham barcha turkiy tillar kabi agglyutinativ tildir.

Davlat tili haqidagi Qonun 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan. 1995-yil 21-dekabrda u yanada takomillashtirildi.

Tarixi



Oʻzbek adabiy tili tarixi quyidagi davrlarni oʻz ichiga oladi:

Miloddan avvalgi davrlardan to X asrlargacha boʻlgan davr. Bu davrdagi til fanda qadimgi turkiy til deb yuritiladi. Qadimgi xalq ogʻzaki ijodi namunalari, Oʻrxun-Enasoy yodgorliklari (VI—VII asrlar) shu tilda yaratilgan.

XI—[XIV asrlarda amalda boʻlgan til eski turkiy til deb ataladi. Mahmud Qoshgʻariyning „Devonu-lugʻatit-turk“ („Turk tillari devoni“), Yusuf Xos Hojibning „Qutadgʻu bilig“ („Saodatga yoʻllovchi bilim“), Ahmad Yugnakiyning „Hibatul haqoyiq“ („Haqiqatlar armugʻoni“), Xorazmiyning „Muhabbatnoma“, Rabgʻuziyning „Qissasi Rabgʻuziy“ asarlari shu tilda yaratilgan.

XV asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha qoʻllangan til eski oʻzbek adabiy tili deb nomlangan. Atoyi, Sakkokiy, Sayfi Saroyi, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Turdi, Maxmur, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqa koʻplab ijodkorlarning asarlari shu tilda yaratilgan.

O'zbek hukmdori Muhammad Shayboniy (1451–1501) oʻzbek tilida gʻazal, ruboiylar ham bitgan. Uning ana shu gʻazal, ruboiylaridan ayrimlari va „Baxrul xudo“ nomli dostoni, oʻgʻli Muhammad Temur sultonga atab yozgan pand-nasihatlardan iborat kitobi (yagona nusxasi Turkiyada saqlanadi) bizgacha yetib kelgan.

11-asrning ikkinchi yarmidan hozirgi davrgacha ishlatib kelayotgan til hozirgi oʻzbek adabiy tili deb ataladi. „Turkiston viloyati gazeti“ nashr qilina boshlagan vaqtdan (1870-yildan) eʼtiboran to hozirgi kungacha yaratilgan barcha asarlar hozirgi oʻzbek adabiy tilining namunalari hisoblanadi.

Oʻzbek tili 19-asrdan boshlab mustaqil til sifatida shakllana boshladi va XIII asrda eski oʻzbek adabiy tili shakllanib boʻldi.

Eski oʻzbek tilining rivoji buyuk Alisher Navoiyning nomi bilan bogʻliqdir. U eski oʻzbek tilining keng imkoniyatlaridan foydalangan holda ajoyib asarlar yaratibgina qolmasdan, bu tilni ilmiy jihatdan chuqur tadqiq qiluvchi „Muhokamat-ul-lugʻatayn“ nomli yirik ilmiy asar ham yozdi va unda oʻzbek tilining boshqa tillardan hech kam emasligini ishonarli misollar bilan isbotlab berdi.

Grammatikasi



Kelishiklar



Oʻzbek tilida 6 ta kelishik bor.

Leksikasi



Hozirgi oʻzbek adabiy tilining lugʻat tarkibi asosan, 5 manba negizida tashkil topgan :

Umumturkiy soʻzlar koʻpchilik turkiy tillarda hozir ham ishlatiladigan barcha turkiy tillar uchun umumiy boʻlgan koʻpgina soʻzlar borki, ular azaldan turkiy qabilalar tilida mavjud edi, ular hozir ham ishlatiladi. Masalan: kishi, ot, qoʻl, oyoq…

Oʻzbekcha soʻzlar oʻzbek tili sharoitida, ushbu til yoki boshqa til elementlari yordamida koʻpgina soʻzlar yaratilgan. Masalan: ishxona, soʻroq, ulfatchilik, bogʻdorchilik…

Fors tillaridan oʻzlashgan soʻzlar hozirgi oʻzbek tilida tubandagi kabi soʻzlar bor. Ular dasturxon, chiroq, parda, marvarid, marjon…

Arab tilidan oʻzlashgan soʻzlar. Arab soʻzlari oʻzbek tiliga VII—VIII asrlardan boshlab kiradi. Bu hol arablarning shu davrda Oʻrta Osiyoni zabt etishlari bilan bogʻliq. Hozirgi oʻzbek tilida arab tilidan kirgan quyidagi kabi soʻzlar mavjud: kasb, mehnat, hayvon, ittifoq, millat…
Arab soʻzlari birinchidan kitob, madrasa, din, davlat tuzimi orqali kirgan. Ikkinchidan Eroniy tillar orqali kirgan. Uni masalan arab soʻzlariga tojikcha morfemalar qoʻshib yasalgan. Masalan: darxaqiqat, mansabdor, mulkdor, baquvvat… kabi soʻzlardan bilsa boʻladi.

Rus tilidan oʻzlashgan soʻzlar. Oʻzbek milliy tilining shakillanishi va rivojlanishida rus millatining tili gʻoyat katta rol oʻynaydi. Rus xalqi bilan oʻzbek xalqi orasidagi yaqin aloqa, ayniqsa ruslarning iqtisodiy va madaniy taʼsiri rus tilidan ruscha va yevropa tillariga oid soʻzlarning oʻzbek tiliga kirib kelishiga sabab boʻlgan. Rus tilidan oʻzlashgan soʻzlar: fabrika, gimnaziya, doktor, shapka…

Yozuvi




Tarixda oʻzbek tilini yozish uchun koʻp alifbolardan qoʻllanilgan. 1928-yilgacha savodli kishilar oʻzbek tilini arab yozuvida yozishgan. 1928-yildan 1940-yilgacha oʻzbek tili lotin yozuvida yozilgan. 1940-yil Iosif Stalinning buyrugʻi bilan majburan kirill yozuviga oʻtilgan. 1992-yilgacha oʻzbek tili shu yozuvda yozilgan. 1993-yil Oʻzbekiston rasman lotin yozuvini yana qaytadan kirgizdi. Hozirda Oʻzbekistonda taʼlim joylarida lotin yozuvidan qoʻllaniladi. Shunday boʻlsa ham yoshi kattalar va Oʻzbekiston tashqarisida yashaydigan oʻzbeklar hali ham kirill yozuvidan foydalanishadi.

Arab yozuvi



Oʻzbekistonda 1929-yilgacha arab yozuvidan foydalanilgan. 1920-yillarning oʻrtalaridan Oʻzbekistonda arab yozuviga keng hujum boshlandi. Arab yozuvi qoloqligimizning, savodsizligimizning, dindorligimizning sababchisi deb eʼlon qilindi. 1929—1930 oʻquv yilidan Oʻzbekiston lotin yozuviga oʻtdi va biz oʻzbek xalqining asrlar davomida yaratilib kelingan hamda chop etilgan ilmiy, badiiy va falsafiy adabiyotdan uzilib qoldik.

Yanalif



1929]yildan boshlab arab yozuvidan yangi lotin yozuviga (yanalif) oʻtilgan. U 1940-yilgacha ishlatilgan.

Kirill yozuvi



1940-yilda Oʻzbekistonda kirill yozuviga oʻtildi. Buning natijasida 1929–1940-yillar oraligʻida chop etilgan ilmiy, badiiy, pedagogik, oʻquv adabiyotlardan uzilib qoldik.

1940-yildan 1991-yilgacha oʻrta hisob bilan oʻzbek tilida 50 ming nomda 50 million nusxada kitoblar chop etilganini (bunga shu yillari nashr etilgan jurnal, gazetalar kirmaydi) hisobga olsak, biz yana lotin yozuviga oʻtishda qanchadan-qancha adabiyotdan yiroqlashishimiz mumkinligi ayon boʻladi.

Lotin yozuviga koʻchish



1993-yil Turkiya lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi ishlab chiqilgan, 1995-yil bu alifbodagi „ö“, „ğ“, „ş“, „ç“ harflari „oʻ“, „gʻ“, „sh“, „ch“ga oʻzgartirilib, hozirgi holga keltirilgan.

Eslatmalar




Havolalar




[[Turkum:Xitoy tillari]

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz