O‘zbek sovet ensiklopediyasi




„Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ ( OʻzSE ) — Oʻzbekiston SSRda chiqarilgan 14 jildli universal ensiklopediya. OʻzSE oʻzbek tilida yozilgan birinchi keng qamrovli ensiklopediyadir. Ensiklopediya kirill yozuvida yozilgan. OʻzSE „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ning Bosh redaksiyasida chop etilgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin chiqarilgan „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“dagi aksar maqolalar OʻzSEdan olingan.

OʻzSEning barcha 14 jildi 1971-yildan 1980-yilgacha chiqarilgan. 1-9- jildlarga Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi aʼzosi, falsafa fanlari doktori Ibrohim Moʻminov bosh muharrirlik qilgan. 10-14- jildlarga akademik Komiljon Zufarov bosh muharrirlik qilgan.

OʻzSE keng ommaga moʻljallab yozilgan. Ensiklopediya sovet davrida yozilgani uchun undagi maqolalarning aksari kommunistik mafkuraning taʼsiri ostida yozilgan. Bunga qaramasdan ensiklopediyada ijtimoiy va tabiiy fanlar boʻyicha mukammal maʼlumot berilgan.

Jildlar




Tarixi



OʻzSEni nashr qilish tashabbusini OʻzSSR Fanlar akademiyasi taklif qilgan. Bu tashabbusni 1965-yil 28-aprelda Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy komiteti va OʻzSSR Ministrlar soveti maʼqullab qaror chiqargan.

1967-yil 5 jildli OʻzSE soʻzligi loyihasi va 1-jild maketi nashr qilingan. Bular Ulugʻ Oktabr sotsialistik revolutsiasining 50 yilligiga bagʻishlanib nashr qilingan. Shu soʻzlik va maket boʻyicha toʻplangan taqriz va mulohazalarga tayanib lugʻat soʻzligi qayta ishlangan.

1968-yil 18-yanvarda Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy komiteti va OʻzSSR Ministrlar Soveti „„Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ni nashr etish tadbirlari haqida“gi qarorida 14 jildli universal ensiklopediya yozish uchun umumiy yoʻnalishni belgilab berilgan. Shu qaror boʻyicha „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ Bosh redaksiyasi tashkil etilgan. Bosh redaksiya zimmasiga OʻzSEni tayyorlash va keyinchalik boshqa ensiklopediyalar va lugʻatlar tuzish vazifasi yuklangan.

OʻzSEning barcha 14 jildi 1971-yildan 1980-yilgacha chiqarilgan. 1-9- jildlarga Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi aʼzosi, falsafa fanlari doktori Ibrohim Moʻminov bosh muharrirlik qilgan. 10-14- jildlarga akademik Komiljon Zufarov bosh muharrirlik qilgan.

Ensiklopediyada yozilgan materialga tayanib 1981-yil rus tilida „Oʻzbekiston SSR“ nomli qoʻllanma (spravochnik) chop etilgan. Shu qoʻllanma 1988-yil oʻzbek tilida ham nashr qilingan.

Tuzilishi




OʻzSEning har bir jildi 50,000 nusxada chop etilgan. Har bir jildning oʻrtacha hajmi 105 nashriyot qogʻozini tashkil etadi. Jildlarda oʻrtacha 3,000 dan oshiq maqola bor. Ensiklopediyaning har bir jildi oxirida maqola mualliflari roʻyxati berilgan.

OʻzSEda maqolalar alifbo tartibida berilgan. Maqola nomlari qora katta harflar bilan berilgan. Maqola nomlarida urgʻu bilan aytiladigan unli tovushlarga urgʻu qoʻyilgan. Maqola nomlarining koʻpchiligi birlik sonda berilgan. Odatda koʻplik sonda ishlatiladigan atamalar (masalan, MINERALLAR ) koʻplik sonda berilgan.

Ensiklopediyada ayrim soʻzlarning etimologiyasi yozilgan. Chet tilidan kirib kelgan soʻzlarning qaysi tildan kirib kelgani va qanday maʼnoni anglatishi berilgan. Biologik guruhlash nomlarining lotincha nomlanishi maqola nomidan keyin qavs ichida berilgan.

Maqola nomidan keyin tegishli tushunchaning boshqa sinonimlari mavjud boʻlsa ular maqola nomidan keyin kichik harflar bilan ajratib yozilgan. (Masalan, AVTONOMIYA , m u x t o r i y a t.)

OʻzSEda shaxsiyatlar haqidagi maqolalarda kishilarning familiyasi avval yozilgan. Masalan, ABDULLAYEV Habib Muhamedovich. Ammo shaxs taxallusi yoki ismi va familiyasi bilan mashhur boʻlsa, maqola oʻsha taxallus yoki ism bilan atalgan. Masalan, ALISHER NAVOIY . Kishilar haqidagi maqolalarda shaxsiyat ismidan keyin qavs ichida oʻsha shaxsning tugʻilgan va vafot etgan sanasi arab raqamlari bilan yil, kun, oy tartibida berilgan.

Joyni tejash uchun maqolalar ichidagi matnda maqola nomi qisqartirib yozilgan. Masalan, TEMIR YOʻL maqolasi ichida „temir yoʻl“ oʻrniga „temir yoʻl“ deb yozilgan.

OʻzSEda kursiv bilan yozilgan soʻzlar shu mavzuda ensiklopediyada alohida maqola borligini bildiradi. Ensiklopediya boʻylab bir tushunchani anglatuvchi soʻzlardan asosiy atamaga yoʻnaltirishlar berilgan. Muhim maqolalar oxirida adabiyotlar roʻyxati kichik shriftda berilgan.

OʻzSEda maqolalar bilan birga rangli va rangsiz rasmlar, xaritalar va boshqa bezaklar bor.

Qamrovi




Oʻzbek sovet ensiklopediyasi keng ommaga moʻljallangan boʻlib, unda koʻp mavzuda chuqur maʼlumot berilgan. Ensiklopediyadagi aksar maqolalar „Katta sovet ensiklopediyasi“dan olingan. Oʻzbeklar va Oʻzbekiston SSR haqidagi maqolalar esa butunlay yangidan yozilgan. Har bir jildni yozish uchun oʻrta hisobda 800 muallif qatnashgan. Yozuvchilar orasida SSSR Fanlar akademiyasi va OʻzSSR Fanlar akademiyasi aʼzolari boʻlgan.

Tanqidi



OʻzSE sovet davrida yozilgani uchun undagi maqolalarning aksari kommunistik mafkuraning taʼsiri ostida yozilgan. OʻzSEda shu ensiklopediyaning oʻzi haqidagi maqolada „„Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ (OʻzSE) — oʻzbek xalqining birinchi markscha-lenincha ensiklopediyasi“, - deb yozilgan. Ensiklopediya muqaddimasida boʻlsa:

OʻzSEga kiradigan maqolalar markscha-lenincha metodologiyaga amal qilib tayyorlanadi. Burjua tuzumini yoqlovchilar, antikommunizm targʻibotchilari, oʻng va „soʻl“ revizionistlarning gʻayri ilmiy nazariyalari qomus sahifalarida ilmiy asosda tanqid qilinadi,[2]

- deb yozilgan.

„Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“da Ahmad Yassaviy kabi sufiy faylasuflar ijodi umuman olganda ijobiy yoritilgan. Abdurauf Fitrat va Choʻlpon kabi yozuvchilar boʻlsa millatchilik va panturkizmda ayblanib tanqid qilingan. Glasnost yillarida va mustaqil Oʻzbekistonda bunday tanqidlar betaraf emas deb qarala boshlandi.

OʻzSEda koʻp maqolalar marksist qarashda yozilgan boʻlsa-da, ensiklopediyada ijtimoiy va tabiiy fanlar boʻyicha mukammal maʼlumot berilgan. Qomusda SSRI va Oʻzbekiston SSR haqida juda chuqur maʼlumot berilgan. Sovet Oʻzbekistonidagi hayotning har bir qirrasi yaxshi yoritilgan. Xususdan, Oʻzbekiston SSRning tarixi, iqtisodi, ilmi, sanʼati va madaniyati toʻliq yoritilgan. OʻzSEda Oʻzbekistondan tashqarida tanilmagan oʻzbek fan va sanʼat namoyondalarining hayoti va ijodi haqida mukammal maʼlumot berilgan.

OʻzSE va OʻzME



Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin chiqarilgan „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“dagi aksar maqolalar OʻzSEdan olingan. Koʻplab maqolalar OʻzSEdan OʻzMEga hech bir oʻzgartirishsiz olingan. Baʼzi hollarda olingan maqolalarga kichik oʻzgartirishlar kiritilgan. Masalan, qoʻshimchalar, qisqartmalar oʻzgartirilgan, iloji boʻlsa ruscha atamalar oʻzbekchaga oʻgirilgan, baʼzi hollarda OʻzMEda OʻzSEdagiga qaraganda yangiroq maʼlumot berilgan. Masalan, Nigeriyadagi Aba shahri haqidagi va diod haqidagi maqolalarda shu kichik farqlarni kuzatish mumkin. Ammo, OʻzSE va OʻzMEdagi maqolalar umuman olganda bir-biriga juda oʻxshash:

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

O‘zbek Sovet Ensiklopediyasi — bu O‘zbek SSR (O‘zbekiston Sovet Sosialist Respublikasi) davrida nashr qilingan ko‘p jildli ensiklopediya bo‘lib, u o‘zbek tilida yaratilgan eng muhim va keng qamrovli ma’lumotlar manbalaridan biridir. Bu ensiklopediya Respublika va umuman SSSR hayoti, madaniyati, tarixi, tabiatshunosligi, fanlari va boshqa sohalar haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.

Ensiklopediyaning tarixi va xususiyatlari haqida kengroq ma’lumot:

  1. Nashr qilingan yillari va jildlari: O‘zbek Sovet Ensiklopediyasi 1971 yildan boshlab nashr qilingan bo‘lib, uning asosiy tahririyat markazi Toshkentda joylashgan edi. Ensiklopediyaning birinchi to‘plami 14-15 jilddan iborat bo‘lib, keyinchalik qo‘shimcha jildlar ham chop etilgan. Bu asar 1980-yillar oxirigacha muntazam yangilanib borilgan.

  2. Maqsad va ahamiyati: Ensiklopediyaning asosiy maqsadi o‘zbek tilida ilmiy, madaniy va jamiyatning boshqa sohalariga oid aniq va ishonchli ma’lumotlarni keng ommaga yetkazish edi. Bu nashr Respublikada hamda O‘zbekiston bilan bog‘liq mavzularga doir asosiy referens-manba sifatida xizmat qilgan.

  3. Tuzilishi: Ensiklopediya maqolalari mavzular bo‘yicha tartiblangan bo‘lib, ular tarix, geografiya, tabiiy fanlar, texnika, san’at, iqtisod, siyosat va boshqalarni qamrab oladi. Har bir maqola ilmiy manbalar va ommabop tushunchalar asosida yozilgan.

  4. Muhim xodimlar va tahririyat: O‘zbekistonning taniqli olimlari, yozuvchilari va madaniyat arboblari ensiklopediya yaratishda faol ishtirok etishgan. Ular maqolalarning aniq va tushunarli bo‘lishini ta’minlagan.

  5. Sovet davridagi rol: O‘zbek Sovet Ensiklopediyasi Sovet ittifoqidagi boshqa respublikalar ensiklopediyalari qatorida o‘zining ilmiy darajasi va ko‘lamiga ko‘ra ahamiyatga ega edi. U o‘zbek tilida keng ko‘lamli bilim va ma’lumotlarni jamlash orqali O‘zbekiston madaniy merosining bir qismi bo‘lib xizmat qilgan.

  6. Keyingi davr va raqamli format: Sovet davrining tugashi bilan ensiklopediyaning nashr faoliyati kamayya boshladi, ammo u hali ham ilmiy va madaniy tadqiqotlar uchun qimmatli manba hisoblanadi. Hozirgi kunda ba’zi jildlar va maqolalar raqamli formatda internetda ham topilishi mumkin.

Umuman olganda, O‘zbek Sovet Ensiklopediyasi — o‘zbek tilidagi ilmiy ma’lumotlarning boyligi va keng qamrovli ensiklopedik asari sifatida tarixda muhim o‘rin tutadi. U nafaqat mustaqil O‘zbekiston uchun, balki o‘zbek madaniyati va fanining rivojlanishi uchun ham asosiy ma’lumotlar manbai bo‘lib xizmat qilgan.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz