Oʻzbek holvasi
Oʻzbek holvasi undan tayyorlangan holva turidir. Asosan un, shakar va oddiy yogʻ yordamida tayyorlash mumkin. Oʻzbeklar holvasi Usmonli davrida XVII asrdan buyon tayyorlab kelinadi. Tarixi Oʻzbek Hoji Sharafiddinga borib taqalishi aytiladi.
Usmonli oshxonasida oʻzbek holvasining tayyorlanishi va turlari
Avvalambor ozroq oddiy yogʻga un, biroz shakar solinadi. Soʻngra oddiy yogʻ tovada qizdiriladi. Shundan soʻng maxsus undan uning ustiga oz-ozdan toʻkib turiladi. Tahminan besh daqiqa qovuriladi. Soʻngra shakar sharbati tayyorlanadi va qovurilgan unning ustiga oz-ozdan toʻkib chiqiladi. Yogʻ undan ayrilgandan keyin yogʻi olinib, holva tovoq ustiga qoʻyiladi.
Ali Eşref Dedening „Yemek“ (Yemak yoki taomlar) risolasida Oʻzbek holvasining tayyorlanishiga mufassal taʼrif berib oʻtiladi. „Gülbeşeker Türk Tatlıları Tarihi“ (Gulbashakar turk shirinliklari tarixi) nomli kitobida, „Edirne holva suhbatlari va qish oqshomidagi tantanalar“ (Edirne helva sohbetleri ve kış gecesi eğlenceleri) asarida, 500 yillik Usmonli davlatining oshxona madaniyati, kunimizgacha yetib kelgan 99 ta Usmonli taomlarining taʼrifi berib oʻtiladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org