Oʻzbek ayollarining milliy liboslari
Oʻzbek ayollarining oʻziga xos milliyligi'
Milliylik
Har bir davlatning oʻziga xos liboslari, urf-odatlari, marosimlari boʻlib, ularning har biri shu davlatnig oʻtmishini, faoliyatini, aks ettirib turadigan millat koʻzgusidir. Bularni bir tushuncha bila men aytganda
milliylik deyiladi.Oʻzbek xalqining oʻtmishdagi kiyim-kechaklari bilan bogʻliq maʼlumotlarni arxeologik qazilmalar jarayonida topilgan qadimiy katta devoriy suratlar, turli buyumlarga tushirilgan tasvirlar, oʻrta asrlardagi kitob miniatyuralari beradi. Oʻrta
asrlarga oid miniatyuralar oʻzbek kiyimlarining oʻziga xos uslubi, yaʼni tipi
shakllanganligi va ular keyingi davrgacha saqlanganligini koʻrsatuvchi noyob
namunalardir. Xalqning kiyim-kechaklaridagi oʻzgarishlar, asosan, XX asr boshlarida
sezilarli ravishda namoyon boʻladi va undagi transformasiya, asosan, shaharlarda ochiq koʻzga tashlanadi.XIX asrning birinchi yarmida Oʻrta Osiyoga Rusiyadan ip gazlama va boshqa
matolarning keltirilishi sababli XIX asr oxiri va XX asr boshida mahalliy aholi orasida asosan fabrikada tayyorlangan ip gazlamalar: chit, boʻz, xom surpdan tikilgan
kiyim-kechaklarni kiyish rasm boʻlgan. boy-badavlat kishilar esa kimxob, ipak, atlas,
duxoba, rang-barang movutlarni sotib ola boshlaganlar. Shunga qaramay, kosiblar
dastgoxidan chiqqan mahalliy gazlama: mato, boʻz, nimshoyi kabi gazmollar (adras,
beqasam, podshoi, kimxob, xonatlas, katakshoyi kabilar)ning turli xillariga ehtiyoj
katta boʻlgan.
Milliy matolarning turlari
Buxoro, Samarqand, Qoʻqon, Margʻilon, Namangan va boshqa shaharlarda
anʼanaviy oʻzbek ipak (kanovuz, shoyi, xonatlas), nimshoyi (beqasam, banoras,
adras) gazlamalardan tikilgan turfa kiyimlar boy-badavlat kishilar orasida rasm
boʻlgan. Quyida mana shu matolarning ayrimlariga taʼrif beramiz.
Beqasam- yoʻl-yoʻl gazmol boʻlib undan erkak, ayol va bolalar uchun kundalik
kiyiladigan toʻnlar, koʻrpa-koʻrpachalar tikishda foydalanilgan.
Banoras - beqasamdan rang turlari bilan farqlanib, undan ayollarning ustki
kiyimi boʻlmish paranji tikilgan.
Parpasha -beqasamdan qalinroq mato boʻlib, u paranji, shuningdek, chopon
tikishda ishlatilgan.
Adras — abr iplar bilan gul solingan nimshoyi gazmol. Shuningdek, kanovuz,
shoyi, xonatlas, guldor kimxob, duxoba kabilar ham keng qoʻllanilgan.
Shoyi va nimshoyi matolar -beqasam, adras, yakruyo, kaltak shoyi, tovlanma
shoyi, abrshoyi turli-tuman gullar solingan.
Ayollar milliy libos turlari
Maʼlumki, oʻzbek xalqi oʻzining milliy marosimlarida alohida kiyinadi. Nikoh
yoki xatna toʻyida kelin-kuyovlar liboslari, toʻy bola kiyadigan liboslarga boʻlinadi.
Ayollarning milliy liboslari ichki, ustki va kishilik kiyimdan iborat boʻlgan. Ustki kiyimlar : kamzul, yengil xalat (mursak, kaltacha), yengsiz nimchalardir. Paranji
ham ayollarning ustki kiyimi sanalib, u toʻn va ichidan qora ot yolidan ishlangan
chachvondan iborat. XX asrning 30-yillarigacha shaharlik oʻzbek ayollarparanji
yopinganlar. Paranji soxta yengli, toʻnsimon, uzun yopinchiqdan iborat boʻlib, otning
dum qilidan toʻqilgan toʻn parda — chachvon betga tutilib, ustiga paranji yopilgan.
Chachvon yuzni berkitib, belgacha yetgan. Odatda, paranji uydan koʻchaga chiqqanda
yopinilgan. Qishloq joylarda paranji kam ishlatilgan, uni bayramlarda va uzoq
safarga chiqilgandagina yopinganlar.https://commons.wikimedia.org/wiki/File:Shahlo_milliy.jpg
uz.wikipedia.org