O‘zarxiv agentligi




Tarixi



Arxivni zamonaviy maʼnoda, unda Oʻrta Osiyoda mutaxassislar bilan ishlaydigan alohida, maxsus boʻlim sifatida tashkil etish gʻoyasi faqatgina XIX asr oxirida shakllangan. Shunday qilib, 1870-yildan boshlab viloyat kengashlari qoshida maxsus idoraviy arxivlar tashkil etildi. Mahalliy milliy muassasalar: Qozon va Biysk sudlari, oqsoqollar idoralari faoliyati natijasida toʻplangan hujjatlar ish xonalarida saqlanar edi. Bugungi kungacha saqlanib qolgan Oʻrta Osiyo hukmdorlari arxiv hujjatlarida asosan maʼlum mukofotlar berish toʻgʻrisidagi yozuvlar, soliqlarni yigʻish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, soliqlarni toʻlash toʻgʻrisidagi toʻlov qogʻozlari, iqtisodiy tusdagi turli xil yozishmalar va kamdan-kam hollarda hujjatlar nusxalari yoki boshqa maʼlumotlar mavjud.
Hukumdorlarning (xon va amirlar) devonxonalarida ularning faoliyatini oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi hujjatlar mavjud edi. Shu bilan birga, Xiva xonligi davrida, Buxoroda boʻlgani kabi, ish yuritish va hujjatlarni saqlash bilan bevosita bogʻliq boʻlgan devonbegi, parvonachi, kitobdor, shotir kabi lavozimlar faoliyat koʻrsatar edi. 2004-yil 3-fevralda „Oʻzarxiv“ agentlig sifatida tashkil etilgan boʻlib u Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish maqsad qilgan. Bu tizimiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari, ularning qaramogʻidagi davlat arxivlari (ularning filiallari) hamda Markaziy davlat arxivlari kiradi. Agentlik arxiv ishini rivojlantirishni va ushbu sohadagi ilmiy-texnika taraqqiyotining davlat tomonidan boshqarilishini taʼminlaydi, davlat va idoraviy arxivlarning faoliyatini tarmoqlararo muvofiqlashtiradi, arxiv ishi boʻyicha Respublika qonun hujjatlariga rioya qilinishini nazorat qiladi.
Rasman bundan yuz yil oldin asos solingan Oʻzbekiston arxiv tuzilmasi hozircha Markaziy Osiyodagi yagona arxiv agentligi hisoblanadi. Ushbu muassasalarda 12 millionga yaqin hujjat saqlanadi.

Boshqaruv Xronologiyasi




Oʻzarxivi agentligi tarkibi



"Oʻzarxiv" agentligi tarkibida 3 ta Milliy arxiv, 14 ta Arxiv ishi hududiy boshqarmasi, 101 ta Davlat arxivi, 123 ta Shaxsiy tarkib xujjatlari davlat arxividan tashkil topga.

Yuqori boshqaruv organi




Agentlik tarkibidagi tashkilotlar



Agentlik tarkibida 3ta milliy arxiv mavjud bu yerda ularning yuridik manzili va maʼlumotlari keltirligan.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi



Oʻzarxiv agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasida 16ta hududiy boʻlimlari mavjud ular quyidagilardir

Fargʻona viloyati



Oʻzarxiv agentligining Fargʻona viloyatida 18ta hududiy boʻlimlari mavjud ular quyidagilardir

Andijon viloyati



Oʻzarxiv agentligining Andijon viloyati 24ta hududiy boʻlimlari mavjud ular quyidagilardir

Buxoro viloyati



Oʻzarxiv agentligining Buxoro viloyatida 18ta hududiy boʻlimlari mavjud ular quyidagilardir

Jizzax viloyati



Oʻzarxiv agentligining Jizzax viloyatida 17ta hududiy boʻlimlari mavjud ular quyidagilardir

Qashqadaryo viloyati



Oʻzarxiv agentligining Qashqadaryo viloyatida 19ta hududiy boʻlimlari mavjud ular quyidagilardir

Navoiy viloyati



Oʻzarxiv agentligining Navoiy viloyatida 14ta hududiy boʻlimlari mavjud ular quyidagilardir

Namangan



Oʻzarxiv agentligining Namangan viloyatida 17ta hududiy boʻlimlari mavjud ular quyidagilardir

Samarqand



Oʻzarxiv agentligining Samarqand viloyatida 20ta hududiy boʻlimlari mavjud ular quyidagilardir

Sirdaryo viloyati



Oʻzarxiv agentligining Sirdaryo viloyatida 11ta hududiy boʻlimlari mavjud ular quyidagilardir

Toshkent viloyati



Oʻzarxiv agentligining Toshkent viloyatida 23ta hududiy boʻlimlari mavjud ular quyidagilardir

Xorazm viloyati



Oʻzarxiv agentligining Xorazm viloyatida 16ta hududiy boʻlimlari mavjud ular quyidagilardir

Toshkent shahar



Oʻzarxiv agentligining Toshkent shahrida 3ta hududiy boʻlimlari mavjud ular quyidagilardir

Asosiy vazifalari va funksiyalari



"Oʻzarxiv" agentligining asosiy vazifalari va funksiyalari

Vazifalari:

Agentlikning Arxiv ishini va ish yuritish sohasidagi yagona davlat siyosatini yuritish va nazorat qilishi va milliy arxivning fondi hujjatlarini bir turga yigʻish, ularning saqlash va davlat hisobiga olinishini mustahkamlash va ulardan keng foydalanish uchun qulaylashtirish vazifalarini bajaradi. Shu bilan birgalikda Hududiy boshqarmalarni, milliy arxivlar va davlat arxivlarini boshqarish va ularning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashi zarur. Arxiv xizmatlarini koʻrsatishda nodavlat sektorni yanada rivojlantirish, arxiv ishi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni oʻziga ustuvor vazifa qilib olgan. Arxivshunoslik, arxeografiya, ish yuritish, elektron hujjat aylanishi sohasida ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-texnika yutuqlarini respublika arxivlari amaliyotiga joriy etish ham uning vazifasiga kiradi. Zamonaviy texnologik imkoniyatlardan foydalangan holda muntazam ravishda arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha xizmat koʻrsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish tizimini shakllantirish va meʼyorlashtirish. Arxiv ishi va ish yuritishning mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning ilgʻor ish tajribasini oʻrganish va ommalashtirish, xorijiy arxivlarda saqlanayotgan Oʻzbekiston tarixiga oid arxiv hujjatlari nusxalarini olib kelish.

Funksiyalari:

a) arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va nazorat qilish sohasida
Arxivlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda arxiv ishini rivojlantirishga doir davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi va arxiv hujjatlarini arxivlarda, muzeylarda, kutubxonalarda, ilmiy muassasalar va boshqa joylarda jamlash, hisobga olish, saqlash va foydalanish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi hamda uning amalga oshirilishini taʼminlaydi. Saqlash muddati koʻrsatilgan namunaviy boshqaruv hujjatlarining roʻyxatini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, respublika boshqaruv organlari tomonidan ishlab chiqilgan saqlash muddati koʻrsatilgan sohaviy hujjatlarning roʻyxatlarini kelishadi shu bilan birgalikda arxiv hujjatlarini alohida qimmatli hujjatlar va noyob hujjatlar sirasiga kiritish tartibini, shuningdek, sugʻurta nusxalarini yaratish va saqlash tartibini belgilaydi. Arxiv hujjatlarini kirib koʻrish tartibi va shartlarini belgilash bilan birgalikda arxiv hujjatlarini Milliy arxiv fondi (keyingi oʻrinlarda MAF deb ataladi) tarkibiga kiritadi va uning tarkibidan chiqarish funkisiyasini bajaradi. Oʻzbekiston Respublikasining arxiv ishi va uni yuritish sohasidagi xalqaro faoliyatini amalga oshiruvchi vakolatli maʼmuriy organi sifatida ish koʻradi. Xalqaro tashkilotlarning arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi kongresslarida, s’ezdlarida, konferensiyalarida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etadi, arxiv ishi va ish yuritish sohasida xalqaro idoralararo bitimlar va shartnomalarni belgilangan tartibda tuzadi. Arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi xalqaro, hukumatlararo bitimlar va shartnomalar loyihalarini tayyorlaydi. Arxiv ishi va ish yuritish holatini tahlil qiladi, qonuniylik va tendensiyalarini oʻrganadi hamda ularni rivojlantirish yoʻnalishlarini belgilaydi va arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi qonunchilikka rioya qilish va huquqiy munosabatlar masalalari boʻyicha ommaviy axborot vositalari orqali axborot-tushuntirish ishlarini olib boradi;
b) Milliy arxiv fondining hujjatlarini jamlash, ularning saqlanishini, davlat hisobiga olinishini taʼminlash va ulardan keng foydalanish sohasida:

j) arxiv ishi va ish yuritish sohasida mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning ilgʻor ish tajribasini oʻrganish va ommalashtirish, xorijiy arxivlarda saqlanayotgan Oʻzbekiston tarixiga oid arxiv hujjatlari nusxalarini olib kelish sohasida:

Oʻzarxivni Elektronlashtirish



Arxiv va ish yuritish sohasining raqamlashtirish elektronlashtirish jarayonlari ham sezilarli oʻsish kuzatildi. Tahlillarga qarab chiqadigan boʻlsak 2021-yilda Agentlik tomonidan koʻrsatilgan xizmatlarning umumiy hajmi 26,8 milliardni tashkil etgan. Yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 830 ta, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali 690 ta, „ishonch“ telefoni orqali 8 ta, yozma tarzda 132 ta murojaat kelib tushgan.
Respublika davlat arxivlariga esa jami 4 ming 128 ta murojaat yoʻllanib, ular oʻrnatilgan tartibda oʻrganilgan. Shuni ham hisobga olish lozimki, 2021-yil davomida davlat arxivlariga 129 ming 409 ta mavzuli, 633 ming 293 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar yuborilgan. Shundan 72 foiz ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushganligi maʼlum qilingan. Arxiv hujjatlari asosida koʻrib chiqilgan soʻrovlarning 94 foizi ijobiy hal etilgan. Tashkilot hujjatlari arxiv saqloviga kelib tushmagan va taalluqliligi boʻyicha tegishli tashkilotlarga yuborilgan soʻrovlar 29,5 foizni tashkil etgan. „Oʻzarxiv“ agentligi va hududiy boshqarmalar tomonidan tashkilotlar hamda korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha 2021-yil davomida 168 ta tashkilot va korxonalarda nazorat tekshiruvlari oʻtkazilib, ular yuzasidan 45 ta taqdimnoma kiritilgan hamda 3 ta maʼmuriy bayonnoma tuzilgan. My.mehnat.uz tizimi bilan „Arxiv ishi“ yagona axborot tizimi integratsiya qilinishi tufayli Ish stajini tasdiqlash xizmati ishga tushirildi. Tizim Elektron hukumatning Yagona idoralararo integratsion platformasiga (my.archive.uz „Oʻzarxiv“ agentligi) muvaffaqiyatli ulandi. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining elektron shaklini yaratish ishlari jadallashtirilib, 209 ming saqlov birligida qogʻoz asosidagi 13,7 million kadr (rejaga nisbatan 114 %) elektron nusxalari yaratildi, alohida qimmatli hujjatlarni elektron shaklga oʻtkazish koʻrsatkichi 37,7 foizga yetkazildi. Bundan tashqari, Agentlik tomonidan yaroqsiz holatga kelgan yoki yoʻqotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash va „Mavzuli soʻrovlarni ijro etish“ davlat xizmatini koʻrsatish boʻyicha elektron xizmatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da ishga tushirildi hamda sud qarorlari boʻyicha davlat arxivlaridan maʼlumotnomalarni olish yuzasidan E-XSUD tizimi bilan integratsiyalashuvi yoʻlga qoʻyildi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda Yagona billing tizimi integratsiya qilinib, Yagona portal orqali koʻrsatiladigan pullik xizmatlar boʻyicha onlayn toʻlov tizimlari joriy etildi. Oʻzbekiston Respublikasi „Oʻzarxiv“ agentligi tizimidagi barcha davlat arxivlar internet tarmogʻiga ulangan boʻlib, shundan 68 foizi optik tolali internet tarmogʻi bilan taʼminlandi. Bugungi kunda „Arxiv ishi“ yagona axborot tizimi takomillashtirilib, davlat arxivlari saqlanayotgan shaxsiy tarkibga oid fondlarni qamrab olgan 80 mingdan ziyod maʼlumotlar bazasi shakllantirildi va u doimiy tarzda yangilanib borilmoqda.

Eʼtirofi



Oʻzarxiv agentliklari boʻlimlarida saqlanayotgan qimmatli hujjatlarning umumjahon ahamiyati eʼtirof etilib, Xiva xonligi hujjatlari 2017-yil YUNESKOning „Jahon xotirasi“ dasturi boʻyicha Xalqaro roʻyxatga kiritilgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz