Ozarbayjonning diniy tarkibi




Ozarbayjon konstitutsiyaga ko'ra, Ozarbayjon dunyoviy davlatdir.

Ozarbayjondagi diniy xilma-xillik



Ozarbayjon ko'p millatli davlatdir. Turli davrlarda mamlakatda butparastlik, zardushtiylik, iudaizm, nasroniylik, islom va boshqa ko'plab e'tiqodlar tarqalib, bir-biriga ta'sir qilgan.

Ozarbayjon hududida turli dinlar tarqalgan, lekin ular orasida islom dini e'tiqod qiluvchilar soni va tarqalishi bo'yicha dinlar orasida yaqqol ustunlik qiladi. Rasmiy statistikalarga ko'ra Ozarbayjon aholisining 95 foizi musulmonlar, 5 foizi esa boshqa dinlar ( iudaizm, nasroniylik, bahoiylar va boshqalar), ateistlar va agnostiklar vakillari hisoblanadi. Ozarbayjonda musulmonlarining qariyb 85% shia yo'nalishi vakillari, 15% sunniylar tashkil etadi. Ozarbayjonda sunniy va shi musulmonlari geografik tarqalishiga ko'ra, Boku va Lankaran viloyati atrofi hududlari shia musulmonlari yashaydi, aksincha Ozarbayjonning ayrim shimoliy hududlarida sunniy musulmonlar iste'qomat qiladi.

Ozarbayjondagi boshqa din vakillarining katta qismi rus pravoslav cherkovi, shuningdek, turli nasroniy sektalari vakillari hisoblanadi. Ozarbayjonda protestant oqimlari vakillari - adventistlar, baptistlar vakillari ham bor.

Ozarbayjonda ilmiy ma'rifiy bilim yurtlaridan tashqari islom, nasroniy va yahudiy taʼlim muassasalari ham mavjud. Boku islom universiteti, Boku davlat universitetining dinshunoslik fakulteti faoliyat yuritadi. Naxichevan davlat universitetining “Xalqaro munosabatlar” fakultetida “Dinshunoslik” mutaxassisligi bo‘yicha talabalar tahsil olishadi. shuningdek davlatda 10 ta islom kolleji va xristian, yahudiy bilim maktablari ham mavjud

Davlat-din munosabatlarini tartibga solish va qonunchilik bazasi



Ozarbayjonda davlat mustaqilligiga erishgachб fuqarolarning vijdon va eʼtiqod erkinligi taʼminlandi, bu boradagi qonun hujjatlari xalqaro huquq normalariga muvofiqlashtirildi.

Ozarbayjon Konstitutsiyasining 18-moddasiga muvofiq, “Ozarbayjon Respublikasida din davlatdan ajratilgan. Barcha dinlar qonun oldida tengdir. Shaxs qadr-qimmatini kamsituvchi yoki insonparvarlik tamoyillariga zid bo‘lgan dinlarni (diniy oqimlarni) tarqatish va targ‘ib qilish taqiqlanadi.

Diniy tashkilotlar bilan ishlash davlat qo‘mitasi




Ozarbayjon Respublikasi diniy tashkilotlar bilan ishlash davlat qoʻmitasi mamlakatda din sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishni taʼminlovchi markaziy ijro etuvchi organ hisoblanadi. Davlat qoʻmitasi 2001-yil 21-iyunda tashkil etilgan.

Diniy ekspertiza



Davlat qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida diniy adabiyotlar, tovarlar va buyumlar hamda diniy mazmundagi boshqa axborot materiallarining ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlaydi, ularning ishlab chiqarilishi, importi va tarqatilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularni sotish uchun ixtisoslashtirilgan shoxobchalar tashkil etishga rozilik beradi.

Diniy tuzilmalar




Diniy konfessiyalar



Islom



Kavkaz musulmonlari idorasi

Kavkaz musulmonlari boshqarmasi Kavkazorti musulmonlari boshqarmasi negizida tashkil etilgan bo'lib, mamlakatdagi islom diniy jamoalarining muhim tashkilot markazi hisoblanadi.

Yahudiylik




Tog'li yahudiylarning diniy jamiyati
Ozarbayjon hududida qadim zamonlardan buyon yashab kelayotgan tog‘ yahudiylari soni jihatidan eng yirik yahudiy jamoa hisoblanadi. bular yahudiylarning sharqiy tarmog'iga mansubdirlar. Ayni paytda Ozarbayjonda tog‘ yahudiylarining o‘z diniga muvofiq yashashi, ibodat qilishlari uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilgan. Boku, Guba va Oʻgʻuzda togʻ yahudiylarining sinagogalari bor.

Xristianlik



Hozirgi Ozarbayjon hududida tashkil topgan Kavkaz Albaniyasi cherkovi xristian olamidagi birinchi apostol cherkovlaridan biri hisoblanadi. Xristian albanlar Ozarbayjonga Armanistondan kirib kelgan.

Alban-Udi xristian jamoasi
Ozarbayjon mustaqillikka erishgach, alban-udi xristian diniy jamoasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Shundan so'ng, davlat cherkovni qayta tiklash va xizmatlarni o'tkazish bo'yicha ishlarni boshladi.

Katolik cherkovi

Xristianlikning uchta asosiy tarmogʻidan biri boʻlgan katoliklik hozirgi Ozarbayjon hududiga XIV asr boshidan Dominikan, Fransisk, Avgustin va Karmelit missionerlari tomonidan tarqala boshlagan.

Davlat ro'yxatidan o'tgan boshqa diniy tashkilotlar



2021-yil oktabr holatidagi ma'lumotlarga ko‘ra Ozarbayjonda 970 diniy tashkilot ro‘yxatga olingan. Ulardan 933 tasi islomiy, 37 tasi noislomiy. Ulardan 17 tasi nasroniy, 7 tasi yahudiy diniy jamoalari, 2 tasi bahaiylar va bittasi Krishna ongi diniy tashkilotlari hisoblanadi.

Bugungi kunga qadar Ozarbayjon Respublikasi Diniy tashkilotlar bilan ishlash davlat qoʻmitasida quyidagi protestant diniy jamoalari roʻyxatga olingan:

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz