Ozarbayjon diasporasi
Ozarbayjon diasporasi - ozarbayjonlarning oʻz tarixiy vatanlaridan tashqarida undan uzoqda yashayotgan etnik guruhlari va ularning ijtimoiy faoliyatlari.
Bugun taxminan dunyodagi 50 millionda oshiq ozarbayjonlarningdeyarli 10 milliondan oshig'i hozirda muhojirlikda yashaydi. Hozirda dunyoning 5 qit'asida yashovchi ozarbayjonlar - o'zlari yashayotgan mamlakatlarninig siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy faoliyatlari, sharoitlari va ma'naviy qadriyatlari singari xilma-xildir.
XX asr boshlarigacha Ozarbayjondan xorijga ko'chib ketgan ozarbayjonlarning shaxsiy guvohnomalarida “Rossiya fuqarosi” deb yozilishi - ularning millati “rus” deb koʻrsatilishiga sabab boʻladi. O‘sha paytda qo‘shni Rossiyaga ko‘chib kelgan ozarbayjonlar “tatarlar”, Turkiyaga ketganlar esa “ozarbayjon turklari” deb tanilgan va ro‘yxatga olingan.Bugungi Eronda yashovchi ozarbayjonlar "Eron fuqarolari" sifatida ko'rsatildi.
Bunday noxush holat xorijda yashayotgan ozarbayjonlarni rus, turk va fors diasporalarining bir qismi sifatida qabul qilishga olib keldi, buning natijasida ozarbayjonlar boshqa xalqlar diasporasiga singib ketish xavfiga duch keldi. Biroq, muammolar va qiyinchiliklarga qaramay, ozarbayjonlar o'zlarining milliy o'ziga xosligi, an'analari, axloqiy qadriyatlarini doimo saqlab kelgan va tarixiy vatan bilan aloqani yo'qotmagan.
Ozarbayjon diasporasi
Amerikadagi ozarbayjonlar
Ozarbayjonlar asosan Shimoliy, Markaziy va Janubiy Amerikada istiqomat qilishadi. AQShda 1 million, Argentinada 12 000, Braziliyada 75 000 , Kanadada 170 000 va Meksikada 27 000 bor. Amerika qit'asida joylashgan Gonduras, Gvatemala, Perularda ham ozarbayjonlar istiqomat qilishadi. Hozirda ularning aniq soni aniqlashtirilmoqda.
Amerikada yashovchi ozarbayjonlarning aksariyati Erondan kelgan muhojirlardir. Undan tashqari 1970 -yildan buyon Turkiyadan, 1991 -yildan buyon Ozarbayjondan ayrim ozarbayjonlar oqimining bu yerga koʻchib kelishi diasporaning tarkibi va ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatiga sezilarli taʼsir koʻrsatadi.
Yevropa qit'asidagi ozarbayjonlar
Yevropa - ozarbayjon diasporasi geografiyasi va soni boʻyicha eng katta boʻlgan ikkinchi qitʼadir. Soʻnggi statistik maʼlumotlarga koʻra, Yevropadagi ozarbayjonlar soni Turkiya va Rossiyada 3,5 million, Ukraina va Belarusda, Germaniya, Buyuk Britaniyada yuz minglab, Norvegiya, Daniya, Shvetsiya, Vengriya, Fransiya, Italiya o'ng minglab, Polsha, Ispaniyada, Avstriya, Albaniya, Finlandiya, Portugaliyada o'n mingdan ortiq ekanligi ma'lum qilinmoqda. Shuningdek, Chexiyada 25 ming ozarbayjonlik istiqomat qiladi. Boshqa G‘arb davlatlarida yashovchi ozarbayjonlar soni har bir davlatda mos ravishda 2000 dan 10000 gacha miqdordadir.
Niderlandiya, Belgiya, Daniya, Shveytsariya va Germaniyada yashovchi ozarbayjonlarning aksariyati Turkiyadan ko‘chib kelgan ozarbayjonlardir. Buyuk Britaniya, Chexiya, Slovakiya, Polsha, Avstriya, Estoniya, Belarusiya, Rossiya, Ukraina, Moldova va Fransiyadagi hamyurtlarimiz Eron va Ozarbayjon Respublikasidan kelgan muhojirlardir.
Osiyodagi ozarbayjonlar
Ozarbayjon diasporasining uchinchi yirik qismi Osiyoda joylashgan. Ular Bangladesh, Hindiston, Afg‘oniston, Pokiston, Iordaniya va Markaziy Osiyoda yuz minglab, Indoneziya, Yaman Arab Respublikasi, Yaman Demokratik Respublikasi, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Saudiya Arabistonida o‘n minglab kishilarni tashkil etadi. Suriya va Iroqda esa millionga yaqin ozarbayjonlar istiqomat qiladi.
Afrika qit'asidagi ozarbayjonlar
Afrika qit’asida yashovchi ozarbayjonlar soni Misr va Jazoirda yuz minglab, Sudanda 17 ming kishini tashkil etadi.Yaqinda olib borilgan izlanishlar natijasida ozarbayjonlarning Janubiy Afrika Respublikasi va Zairda ham istiqomat qilayotganligi aniqlandi.
Avstraliya qit'asidagi ozarbayjonlar
Avstraliyada 10 mingga yaqin ozarbayjonlar istiqomat qilayotgani haqida ma’lumotlar bor.
Ozarbayjon diasporasi tarixi
Ozarbayjon diasporasining shakllanish tarixi bir necha bosqichlarga bo'linadi:
Mamlakatlar boʻyicha ozarbayjonlar soni
Ozarbayjon Respublikasi, Eron, Gruziya, Iroq, Suriya, Turkiya va Dogʻistonda yashovchi etnik ozarbayjonlardan tashqari, Ozarbayjondan tashqari boshqa mamlakatlarda yashovchi ozarbayjonlar ham ozarbayjon diasporasini tashkil qiladi.
WAC ning ma'lumotlari
WAC: Dunyodagi ozarbayjonlarniing soni (2019)[11] Davlat
soni
Jami
85-90 000 000
Eron
35 000 000
Ozarbayjon
10 014 600
Turkiya
5 500 000
Rossiya
8 000 000
Iroq
1 500 000
AQSH
1 250 000
Misr
900 000
Gruziya
750 000
Pokistan
650 000
Ukraina
520 000
Iordaniya
450 000
Kanada
350 000
Hindiston
340 000
Germaniya
300 000
Jazoir
280 000
Bangladesh
175 000
Buyuk Britaniya
170 000
Qozog'iston
100 000
Suriya
95 000
Braziliya
75 000
Fransiya
70 000
Bolgariya
65 000
Yaman
62 000
O'zbekiston
60 000
Daniya
60 000
Birlashgan Arab Amirligi
55 000
Norvegiya
50 000
Afg'oniston
50 000
Turkmaniston
45 000
Rumıniya
45 000
Indoneziya
44 000
Saudiya Arabistoni
40 000
Italiya
100 000
Çin
30 000
Vengriya
27 000
Meksika
27 000
Avstriya
19 000
Quvvayt
19 000
Umon davlati
19 000
Sudan
17 000
Qirg'iziston
16 000
Tojikiston
14 000
Ispaniya
14 000
Belgiya
13 000
Yunoniston
13 000
Polsha
12 000
Finlandiya
12 000
Albaniya
12 000
Argentina
12 000
Yaponiya
10 000
Avstraliya
8 000
Birma
8 000
Portugaliya
7 000
Belarus
7 000
Yuqoslaviya Sosialist Federativ Respublikası
6 000
Mangoliya
5 000
Moldova
5 000
Latviya
4 000
Irlandiya
4 000
Estoniya
3 000
Malta
2 500
Litva
2 000
Chexiya
2 000
Slovakiya
2 000
Shvetsiya
2 000
Butan
1 500
Manbalar
Havolalar
Yana qarang
uz.wikipedia.org