Ozarbayjon — Tojikiston munosabatlari




Ozarbayjon — Tojikiston munosabatlari  — Ozarbayjon va Tojikiston oʻrtasida ikki tomonlama diplomatik aloqalar. Ozarbayjon va Tojikiston oʻrtasidagi oʻzaro diplomatik aloqalar 1992-yil 29-mayda oʻrnatilgan.

Qiyosiy tavsif




Tarix



Dushanbedagi Ozarbayjon elchixonasi 2007-yil 22-sentabrda ochilgan. Tojikistonning Bokudagi elchixonasi 2008-yil 23-martda ishga tushirilgan.

Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev 2007-yil mart oyida rasmiy tashrif bilan Tojikiston poytaxti Dushanbeda boʻldi. Oʻsha yilning (2007) avgust oyida Tojikiston Respublikasi Prezidenti rasmiy tashrif bilan Bokuga bordi. Ushbu tashriflar davomida koʻplab kelishuvlar va shartnomalar imzolangan.

Iqtisodiy hamkorlik



2010-yilda mamlakatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 9,5 million AQSh dollarini tashkil etgan. Iqtisodiy hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari agrosanoat majmuasi, rangli metallurgiya, yengil sanoat, transport va boshqalardir. Savdo aylanmasi hajmining muhim qismini Tojikiston alyuminiy zavodi mahsulotlari tashkil etadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz