Ozarbayjon — Marokash munosabatlari




Ozarbayjon — Marokash munosabatlari. Ozarbayjon Respublikasi va Marokash Qirolligi oʻrtasida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlar hisoblanadi.

Mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlik qishloq xoʻjaligi, energetika, transport, taʼlim, xususiy sektor, turizm, logistika, telekommunikatsiya, qurilish kabi sohalarda amalga oshirilb kelinmoqda.

Diplomatik munosabatlar



1991-yil 30-dekabrda Marokash Qirolligi hukumati Ozarbayjon mustaqilligini tan oldi. Ozarbayjon va Marokash oʻrtasida diplomatik munosabatlar birinchi marta 1992-yil 25-avgustda oʻrnatilgan.

1994-yil 12-dekabrda Kasablanka shahrida Ozarbayjon va Marokash tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi.

Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyevning Marokashga birinchi rasmiy tashrifi 1994-yilda boʻlib oʻtdi.

Ozarbayjon mamlakatining Marokashdagi vakolatxonasi 2006-yil sentyabr oyida ochilgan. Marokash mamlakatining Ozarbayjondagi elchixonasi esa 2008-yil noyabr oyida ochilgan.

2007-yil 28-sentyabrda Ozarbayjon va Marokash oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya tuzildi.

Ozarbayjonning Marokashdagi Favqulodda elchisi Ogtay Gurbanov sanaladi. Marokashning Ozarbayjondagi elchisi Muhammad Adil Ambarx hisoblanadi.

2011-yil mart oyida Marokash Adliya vaziri Muhammad Nosir Ozarbayjonga tashrif buyurdi. Muzokaralar chog‘ida ekstraditsiya to‘g‘risidagi birinchi davlatlararo shartnomalar, fuqarolik va tijorat ishlari bo‘yicha huquqiy hamkorlik, jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam, shuningdek, ikki mamlakat adliya vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar loyihalari muhokama qilindi.

2018-yilning 5-mart kuni Marokash tashqi ishlar vaziri Nosir Burit Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Elmar Mammadyarov bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida hukumatlararo komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2018-yil 30-oktabrda Ozarbayjon Davlat xizmati, ijtimoiy innovatsiyalar bo‘yicha davlat agentligi hamda Marokash hukumati o‘rtasida Memorandum kelishuvlar imzolandi.

Ozarbayjon va Marokash oʻrtasida jami 20 ta hujjat imzolandi.

Iqtisodiy hamkorlik



Ozarbayjon Davlat bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2017-yilda tovar aylanmasi taxminan 3,9 million AQSh dollarini tashkil qilgan. Marokash neft kompaniyalari Ozarbayjon davlat neft kompaniyasi (SOCAR) bilan hamkorlik qiladi.

Savdo aylanmasi (mln. USD)

Xalqaro hamkorlik



Xalqaro maydonda mamlakatlar o'rtasidagi hamkorlik turli xalqaro tashkilotlar: Islom hamkorlik tashkiloti (IHT), IHT va boshqalar doirasida amalga oshiriladi.

Marokash Qorabog‘ muammosi bo‘yicha Ozarbayjon pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Ozarbayjon, o'z navbatida, G'arbiy Sahroi Kabir masalasida Marokash pozitsiyasini qo'llab-quvvatlaydi.

2018-yilning 12-iyun kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev “Ko‘zi ojizlar va ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan yoki boshqa nogironligi bo‘lgan shaxslarning chop etilgan asarlardan bosma ma’lumotlarni idrok etishini osonlashtirish bo‘yicha Marokash shartnomasiga qo‘shilish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi va shartnoma esa 2018-yil 24-dekabrda kuchga kirdi. 2018-yil oktabr oyida Jenevada boʻlib oʻtgan Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga (BIMT) aʼzo davlatlar Bosh assambleyasining 58-yigʻilishida Ozarbayjon intellektual mulk agentligi boshqaruvi raisi Kamran Imanov Ozarbayjonning Marokash shartnomasiga qoʻshilishi haqida eʼlon qildi.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz