Ozan Tufan




Ozan Tufan (1995-yil 23-martda tugʻilgan) — turkiyalik professional futbolchi, EFL chempionatining „Hull City“ klubi va Turkiya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klub faoliyati



2021-yilning 19-avgustida Tufan oʻz faoliyatida ilk bor Turkiyani tark etgan vaPremer-liganing yangi koʻtarilgan klubi „Watford“ga sotib olish opsiyasi bilan mavsumiy ijara shartnomasi asosida qoʻshilgan. 2022-yilning 2-fevralida Tufan barcha musobaqalarda bor-yoʻgʻi yettita oʻyin oʻtkazib, Turkiyaga qaytganligi sababli, ijara muddatidan oldin bekor qilingan.

2022-yilning 1-iyulida Tufan Chempionship klubi " Hull City " bilan shartnoma imzolagan. Tufan klub bilan 3 yillik shartnoma imzolagan va yana bir yilga choʻzdirish bandi ham koʻrsatib oʻtilgan. Tufan 2022-yil 30-iyul kuni „Bristol City“ga qarshi uy uchrashuvida debyut qilgan va penaltini aniq amalga oshirib hisobni tenglashtirgan.

Xalqaro faoliyat



Tufan 2013-yili Mersin shahrida boʻlib oʻtgan Oʻrta yer dengizi oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan Turkiyaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida oʻynagan. U 2013-yilgi UEFA U-19 Yevropa chempionatida ham oʻz mamlakatini himoya qilgan.

2014-yil 25-may kuni Tufan Turkiya terma jamoasidagi ilk milliy oʻyinini Dublinda Irlandiyaga qarshi oʻtkazgan. 2014-yil 3-sentabr kuni Tufan oʻzining birinchi golini 90-daqiqada oʻrtoqlik oʻyinida Daniya milliy terma jamoasiga uzoq masofadan zarba yoʻllash orqali kiritgan. Oʻyinda Turkiya 2:1 hisobida gʻalaba qozongan. Oʻyindan keyin bergan intervyusida: „Toʻp meni oyogʻimga tushdi men unga zarba bermoqchi boʻlganimda biroz uzoqroqda Arda Turan toʻp soʻrayotganini koʻrdim. Toʻgʻrisi soʻnggi daqiqalarda bunday masofadan zarba berishga biroz qoʻrqdim. Ammo oʻzimga ishondim va zarbani amlaga oshirdim bu juda hayratlanarli boʻldi deya eslab oʻtgan“.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz