Ozan Kabak




Ozan Muhammed Kabak (2000-yil 25-martda tugʻilgan) — turkiyalik professional futbolchi, Bundesliganing 1899 Hoffenheim klubi va Turkiya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati



Galatasaroy



Ozan „Galatasaroy“ yoshlar akademiyasiga 2011-yilda qoʻshilgan. U 2017-yilning 1-iyulida Galatasaroy bilan ilk professional shartnomasini imzolagan. Ozan 2018-yil 12-may kuni „Galatasaroy“ safida „Yeni Malatyaspor“ ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda professional debyut qilgan. 2018-yil 24-oktabrda u Chempionlar ligasidagi ilk oʻyinini 2018\19-yilgi mavsumda "Schalke 04" ga qarshi oʻz uyida 0:0 hisobidagi durang bilan oʻtkazgan.

VfB Stuttgart



2019-yilning 17-yanvarida Kabak Bundesliganing VfB Stuttgart jamoasiga oʻtgan va u jamoa bilan 2024-yilning iyunigacha shartnoma imzolagan. 3-mart kuni u „ Hannover 96“ga qarshi oʻyinda 5:1 hisobida ikkita gol urgam va oʻzining karyerasidagi ilk gollarini nishonlagan. Shunday qilib, 18 yosh, 11 oy va 7 kunligida u Bundesliganing bir uchrashuvida ikki marta gol urgan eng yosh turkiyalik markaziy himoyachi va uchinchi eng yosh „Stuttgart“ futbolchisiga aylangan.

Schalke 04



2019-yil 30-iyun kuni Kabak „Schalke 04“ga 5 yillik shartnoma asosida 15 million yevro evaziga qoʻshilgan, „Schalke“ oʻz shartnomasida klubdan ozod qilish bandini ham qoʻshib qoʻygan (istalgan vaqtda futbolchi xizmatidan voz kechishi mumkin). U klubdagi birinchi mavsumida doimiy maydonga tushib, 28ta oʻyinda, 3ta gol urgan. 2020-yil sentabrida u beshta oʻyinga diskvalifikaciya qilingan va „Werder“ futbolchisi Lyudvig Avgustinsonga tupurgani uchun 15 ming yevro jarimaga tortilgan. Shundan soʻng Kabak Twitter orqali Augustinssondan uzr soʻragan va unga qizil kartochka koʻrsatilgan voqea tasodif ekanligini taʼkidlagan.

Liverpool (ijara)
2021-yilning 1-fevralida Kabak 2020/21-yilgi mavsumning qolgan qismida ijara asosida "Liverpool" bilan shartnoma imzolagan. Xabar qilinishicha, kelishuv 1 million funt sterlingga teng boʻlgan, shuningdek, „Liverpool“ning Chempionlar ligasidagi oʻyinlari va oʻyiniga qarab qoʻshimchalar uchun 500 ming funt sterling toʻlashi mumkin boʻlgan. Shartnoma yana, taxminan 18 million funt sterlingga belgilangan va qoʻshimchalar bilan 26,5 million funtga koʻtarilishi mumkin boʻlgan sotib olish opsiyasini ham oʻz ichiga olgan. 2021-yil 13-fevralda u „Liverpool“dagi debyutini Premer-liga doirasida „Leicester City“ga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va safarda 1:3 hisobida magʻlubiyatga uchragan. 16-fevral kuni u UEFA Chempionlar ligasining 2020\21-yilgi mavsumida RB Leypsig ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan va bu musobaqada ingliz klubi safida maydonga tushgan ilk turkiyalik futbolchiga aylangan. Mavsum oxirida „Liverpool“ Kabakni doimiy ravishda sotib olishdan bosh tortgan.

Norwich City (ijara)
2021-yil 30-avgustda Kabak Angliya premier ligasiga yangi koʻtarilgan „Norwich City“ klubiga mavsum oxiriga qadar ijara shartnomasi asosida qoʻshilgan.

1899 Hoffenheim



2022-yil 23-iyulda Kabak 1899 Hoffenheim klubiga oʻtgan va 2026-yilning 30-iyuniga qadar shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati



Ozan Turkiyaning yoshlar terma jamoasi vakili hisoblanadi. U 2017-yilgi UEFA U-17 Yevropa chempionatida Turkiya U17 terma jamoasi sardori boʻlgan va UEFA tomonidan eng yaxshi 10 nafar futbolchi roʻyxatiga kiritilgan. 2019-yil 17-noyabr kuni Kabak Turkiya kattalar terma jamoasi safida Andorraga qarshi Yevropa chempionati saralash oʻyinida debyut qilgan va Turkiya 2:0 hisobida gʻalaba qozongan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Yutuqlar



Klub



Galatasaroy

Shaxsiy yutuqlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz