Oytojixon Shobdonova




Oytojixon Shobdonova (1945- yil 14-iyun — 2022- yil 17-aprel) — Bobur nomidagi Oʻsh davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatri aktrisasi, Qirgʻiziston SSR xalq artisti (1988), Qirgʻiziston madaniyat va sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan sanʼat arbobi. Oʻsh shahar Kengashining besh chaqiriq deputati.

Biografiyasi



Oytojixon Shobdonova 1945 -yil 2-martda Oʻsh viloyatining Aravon tumanida tugʻilgan. 17- yoshli yosh, isteʼdodli xonanda S. M. Kirov nomidagi Oʻsh oʻzbek musiqali drama teatrida aktirsa sifatida qabul qilingan.

Oytoji Shobdonova oʻzining yoqimli ovozi, rollarni aʼlo darajada ijro etishi bilan tomoshabinlar olqishiga va mehriga sazovor boʻldi. 1976-yilda Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlab, drama va kino aktrisasi mutaxassisligini olgan. O. Shobdonova teatrning yetakchi aktrisalaridan biridir. U teatr sahnasida rang-barang rollarni ijro etdi.

U „Ona dalasi“ — Toʻlgʻonay, „Mehrobdan chayon“ — Raʼno, „Sohibjamol“ — Sohibjamol, „Medeya“ — Medeya, „Toxir va Zuhra“ — Zuhra, „Semetey“ — Qanikey, „Semurgʻ“ — Ona, „Sohibqiron“ — Bibixonim, „Qurmanjon datka“ — Qurmonjon datka spektakllarda bosh rollarni ijro etgan. Koʻpchilik sanʼat ixlosmandlari Oytoʻji Shobdonovani xonanda sifatida yuqori baholaydi. U oʻzbek, qirgʻiz, qozoq, tojik, tatar, fors tillarida qoʻshiqlarni aʼlo darajada ijro etadi, oʻzbek televideniyesida qirgʻiz tilida ijro etgan „Toʻmarim“ qoʻshigʻi unga yanada shuhrat keltirdi. 1984-yilda Leningrad shahridagi teatr gastrollarida qatnashgan.

Oʻsh shahar Kengashining besh chaqiriq deputati. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1971-yildagi farmoni bilan u "Mehnat faxriysi" medali, „Dank“ medali bilan taqdirlangan. 1968, 1969, 1971-yillarda Respublika Madaniyat vazirligining diplomlari bilan taqdirlangan. 1974-yilda Qirgʻiziston SSRda xizmat koʻrsatgan artist faxriy unvoni va 1988-yilda respublika teatr sanʼati rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi va xizmatlari uchun Qirgʻiziston SSR xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan.

Teatrdagi rollari




Mukofotlari




Adabiyotlar




Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz