Oyshaxon Yoʻldosheva




Oyshaxon Yoʻldosheva (1930-yil, Oʻzbekiston tumani, Fargʻona viloyati — ?) — mexanizator, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1949), KPSS aʼzosi (1952).

Tarjimayi holi



Oyshaxon Yoʻldosheva 1930-yil Oʻzbekiston tumanida tavallud topgan. Yoʻldosheva 1943—1964-yillari Oʻzbekiston tumanidagi Lenin nomli kolxozda yoshlar va komsomol yoshlar brigadasiga boshchilik qilgan. 1964-yildan tumandagi Mingtut qishloq soveti raisi boʻlib ishlagan. 1969-yilda Toshkent Qishloq xoʻjalik institutini tugatgan. 1949-yili Yoʻldosheva boshliq brigada har gektardan 832 sentnerdan qand lavlagi yetishtirgan. Lenin ordeni, 2 marta Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz