Oysha
Oysha binti Abu Bakr (arabcha: عائشة; 613/614—678) — Muhammadning xotini, birinchi xalifa Abu Bakrning qizi. Laqabi Siddiqa, unvoni Ummun-moʻminun (Moʻminlar onasi)dir. Muhammad vafotidan keyin Oysha xalifalik hokimiyatiga nomzodlar oʻrtasidagi munozaralarda paygʻambarning safdoshlari Talha va Zubayr tomonida turib, Ali tarafdorlariga qarshi chiqqan. Oysha Muhammad umrining oxirigacha u bilan birga yashagani tufayli juda koʻp hadislarning roviysi hisoblanadi. Sahobalar baʼzi oilaviy munosabatlarga doir murakkab masalalarni undan soʻrab bilib olar edilar. Xalifalar — Abu Bakr, Umar va Usmon zamonlarida fatvolar ham bergan. Oysha tafsir, hadis, fiqhni mukammal bilgan, arab tili va adabiyotidan yaxshi xabardor boʻlgan. Madinadagi Baqiy qabristoniga dafn qilingan.
Muhammad bilan turmushi
Sahihi Buxoriy va Sahihi Muslim hadislariga binoan, Oysha 6 yoshida 47 yoshli Muhammadga nikohlangan; uch yil keyin, 9 yoshida Muhammad bilan chimildiqqa kirgan.
Ayrim yozuvchilar fikricha, bu hadislar soxta boʻlib, Oysha aslida kamida 14 yoshida Muhammadga nikohlantirilgan.
Manbalar
11 Oyimjon isimli oddiy qiz
uz.wikipedia.org