Oynavand O`yma




Oynavand oʻyma — ganch oʻymakorligida bezak turi. Bezatiladigan yuzaga mustahkamlangan koʻzgu (toshoyna) ustiga ganch qorishmasi qoʻyib va suvab, soʻng oʻyma usulida oynavand zaminli bezak hosil qilinadi. O.oʻ. usulida bezalgan xonadagi koʻzgu (toshoyna)da tashqaridagi manzara va atrofdagi mayin oʻyma ganch naqshlar aksi tovlanib, yanada jozibador, oʻziga xos koʻrinish hosil qiladi. Ganch oʻymakorligining bu turi 19-asrda vujudga kelgan. Buxorolik Us t a Shirin Murodovning ilk ishlaridan biri Buxoro yaqinidagi Sitorai Mohi Lʼsaning "Oq zali" ana shu usulda ziynatlangan (1912). Ganch oʻymakorligida O.oʻ. keng qoʻllaniladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz