O`ymoqgul




Angishvonagul , oʻymoqgul (Digitalis) — sigirquyruqdoshlar oila-siga mansub ikki yillik va koʻp yillik oʻtlar turkumi. Yevropa va Osiyoda 25 ga yaqin turi bor. Barchasi zaharli. A.ning poyasi tikka(uz. 40- 150 sm), barglari ketma-ket joylashgan, barg cheti arra-simon, baʼzi turlarida tekis. Barglar poyaning ostidan uchiga tomon maydala-shib boradi. Gullari shingil toʻpgulga yigʻilgan, gultoji qoʻngʻiroq yoki angish-vonaga oʻxshash; oʻsimlik nomi ham shundan olingan. Qizil A. va sariq A.ning bargidan purpurea A, purpurea V, digitoksin, gitoksin va yurak kasalliklariga qarshi ishlatiladigan boshqa glyukozidlar oli-nadi. A.ning boshqa turlaridan olingan preparatlar (mas, abitsin) ham shu kabi kasalliklarni davolashda qoʻllaniladi. A.ning baʼzi xillari Oʻzbekistonda xushmanzara oʻsimlik sifatida ekiladi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz