Oʻylar




Oʻylar (koyne yunoncha: Τὰ εἰς ἑαυτόν; tarjimasi „Oʻzimdan oʻzimga“) — Rim imperatori, faylasuf Marcus Aurelius yozgan shaxsiy izohlar toʻplami. Asarda Aurelius stoitsizm boʻyicha oʻzi uchun yozgan fikr-oʻylari jamlangan.

Aurelius koyne yunon tilida yozilgan oʻylarini 12 boʻlimga boʻlgan. Muallif oʻylarini kitob oʻlaroq chop etishni rejalashtirmagani taxmin qilinadi. Asarning rasmiy nomi yoʻq, shuning uchun u „Oʻylar“, „Meditatsiyalar“, „Oʻzimdan oʻzimga“ va boshqa turli nomlar bilan ataladi. Toʻplamga kiritilgan oʻylar bir gapdan bir necha paragrafgacha choʻziladi.

Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz