Oyim tumani
Oyim tumani — Oʻzbekiston SSR Andijon okrugi, Fargʻona va Andijon viloyatlarida 1929—1959-yillarda mavjud boʻlgan maʼmuriy birlik.
Tarixi
Oyim tumani 1929-yilda Andijon okrugi tarkibida tashkil etilgan. Markazi Oyim qishlogʻi.
1930-yilda okruglar tugatilishi munosabati bilan tuman bevosita respublika boʻysunuviga oʻtdi.
1938-yil 15-yanvarda tuman Fargʻona viloyati tarkibiga kiritildi, 1941-yil 6-martda esa Andijon viloyati tarkibiga oʻtkazildi.
1948-yil 1-oktyabr holatiga koʻra, tuman tarkibida 8 qishloq Soveti: Oyim, Dardak, Dardaktepa, Qiziltoʻqay, Koʻkalon, Quritqi, Toshloq va Teshiktosh kirgan.
1959-yilda Oyim tumani tugatildi.
Aholisi
1939-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotiga koʻra, tumanda 21 580 kishi istiqomat qilgan, jumladan oʻzbeklar 61,2%, qirgʻizlar 26,7%, tojiklar 3,5%, uygʻurlar 2,6%, ruslar 2,2%, tatarlar 1,6% tashkil etgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org