Oʻyil tumani
Oʻyil tumani — Aqtoʻbe viloyatining shimoli-gʻarbiy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 11,5 ming km. Tuman 1930-yilda tashkil topgan. Aholisi 18 914 (2013); kishi, oʻrtacha zichligi 1 km-ga 1,6 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman markazi — Oʻyil qishlogʻi.
Iqlimi
Tuman iqlimi keskin kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –14 — 16 °С, iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 22 – 24°С. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 220 – 250 mm.
Aholi punktlari
Qayindi, Qarakemer, Qaraoʻy, Qaratal, Kemer, Koʻptoʻgʻay, Sarbie, Oʻyil
Ijtimoiy soha
Tumanda 25 ta maktab, 1 madaniyat uyi, 14 kutubxona, 4 klub, 1 muzey aholiga xizmat qilmoqda.
Tibbiyot sohasida tuman kasalxonasi va shifoxonasi, san.-epidemiologik stansiya, 8 feld.-akusherlik punkt aholi uchun xizmatda. Tuman hududi orqali Oʻyil – Shubarquduq, Oʻyil – Qoʻbda avtomabil yoʻllari oʻtadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org