Oyijon (qoʻshiq)




Oyijon “ — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2003-yil eʼlon qilingan"12-albom" nomli studiyaviy albomiga oltinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiqni guruh aʼzosi Husan Sodiqov yozgan, ammo ayrim manbalarda uning ukasi, guruh solisti Tohir Sodiqov muallif oʻlaroq koʻrsatilgan.

„Oyijon“ qoʻshigʻi „Bolalar“ repertuaridagi eng keng tanilgan taronalarning biridir. „Oyijon“ qoʻshigʻida xonanda suyukli yori onasiga oʻxshashi haqida kuylaydi.

2020-yil guruh aʼzosi Husan Sodiqov oʻzining rasmiy YouTube kanalida „Oyijon“ qoʻshigʻini guruhning 2003-yilga qadar eʼlon qilingan yetti qoʻshigʻidan iborat „12-albom“ nomli albomiga oltinchi trek oʻlaroq kiritgan, ammo bu taronalar 2003-yilda albom shaklida eʼlon qilinmagan, balki shunchaki singl oʻlaroq chiqarilgan.

2022-yil qoʻshiqni „Bojalar“ guruhi kaver qilgan. Mazkur versiyani Axliyor Azimov aranjirovka qilgan. Kaver uchun Xosiyat Husanova, Zuhra Soliyeva hamda „Bojalar“ guruhi aʼzolari ishtirokida klip suratga olingan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz