Oyga sayohat
Oyga sayohat (inglizcha:
Over the Moon , asl tarjimasi: Oy ustida) 2020-yilda katta ekranlarga chiqarilgan musiqiy va fentezi janrlaridagi kompyuter-animatsion filmdir. Pearl Studio va Sony Pictures Imageworks studiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan va Netflix strimimg xizmati orqali yoyinlangan. Film rejissori — Glen Keane, ssenariy muallifi — Audrey Wells. Filmda bosh qahramonlarga ovoz berganlar sirasiga Cathy Ang, Phillipa Soo, Ken Jeong, John Cho, Ruthie Ann Miles, Margaret Cho va Sandra Oh kiradi.
Mazmuni
Fei Fei ismli qiz Yerning sunʼiy yoʻldoshiga borish va u yerda Oy maʼbudasi boʻlmish Changʻe mavjudligini isbotlash uchun raketa yasaydi. Qahramon bunda onasining xotiralaridan ilhom oladi. Fei Fei otasini ikkinchi marta turmush qurishga qaror qilgani uchun kechira olmaydi va unga abadiy sevgi borligini isbotlashga urinadi. Film voqealari davomida Fei Fei oʻtmish bilan yashamaslikni tushunadi. Oy maʼbudasi bilan uchrashgach, abadiy muhabbat ham abadiy qaygʻu ekanligini anglaydi. Shuning uchun hayotda yangi odamlar kirib kelishiga imkon yaratish kerakligini bilib oladi.
Ovoz berganlar
Musiqasi
Roʻyxatda keltirilgan treklarning barchasining matnini Christopher Curtis, Marjorie Duffield va Helen Park yozgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org