Oydin Abdullayeva




Oydin Otamurodovna Abdullayeva (1976-yil 6-mart, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek bastakori, oʻqituvchi va siyosatchi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IV chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati. "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi aʼzosi.

Tarjimai holi



1983-1994-yillar davomida R.Gliyer nomidagi RIMM da violonchel va kompozitsiya yoʻnalishi boʻyicha oʻqigan. 1999-yilda O‘zbekiston Davlat konservatoriyasini professor Mansurovning kompozitorlik fakultetini tamomlagan. Konservatoriyani tamomlagach, kompozitsiya va cholgʻu asboblari kafedrasida dars bera boshlagan. 2004-yildan katta oʻqituvchi, 2009-yilda dotsent, 2018-yildan esa professor ilmiy unvonlarini olgan. 2011-yildan buyon kompozitsiya va asbobsozlik kafedrasi mudiri boʻlgan.

2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IV-chaqiriq Qonunchilik palatasi saylangan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi lavozimiga tayinlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz