Oychechak




Oychechak (turkmancha: Aýçiçek; ? — 1221) — Xorazmshoh Muhammadning rafiqlaridan biri, asli kelib chiqishi turkmanlardan boʻlgan malika; Xorazmshoh Jaloliddinning onasi. Oʻz vaqtida kanizak boʻlgan.

Hayoti



Ajdodlari va kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan bu ayol Xorazmshoh Muhammadning haramida boʻlgan va Sultonning toʻngʻich oʻgʻli Jaloliddinni dunyoga keltirgan.

Qaynonasi Turkon xotun Oychechakni past tabaqadan boʻlganligi sababli yoqtirmagani manbalarda qayd etilgan. Moʻgʻullar bosqini vaqti 1220-yilda unga nabirasining oldiga borish taklif etilgan, biroq Turkon xotun:

Aslo! Qanday qilib men Oychechakni oʻgʻli marhamatiga tobe boʻlib, uning himoyasida boʻlishim mumkin… Hatto Chingizxonga asirlik va hozirgi xorlik hamda sharmandaligim menga bundan ming karra afzalroq!

1221-yilda Jaloliddin Chingizxon boshchiligidagi moʻgʻul jangchilari tomonidan magʻlubiyatga uchratiladi. Oʻgʻli yetakchiligidagi qoʻshin jangda magʻlubiyatga uchragani maʼlum boʻlgach, Oychechak haramdagi xotinlari bilan birga ularni asirlikdan qutqarish uchun oʻgliga yordam soʻrab murojaat qiladi:

Olloh nomi bilan senga yolvoramiz, bizni oʻldir va asoratdan qutqar!

O‘g‘lining buyrug‘i bilan daryoga tashlangan ayollar Hind daryosiga tushib halok boʻlgan. Zudlik bilan o‘ldirishi buyurilgan Jaloliddinning yetti yoshli o‘g‘ligina Chingizxon tomonidan asirga olingan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz