Oybek Usmonov




Oybek Orifbekovich Usmonov  — oʻzbek diplomati, filolog. Oʻzbekistonning Isroil va Pokiston davlatlaridagi sobiq elchisi.

Biografiyasi



1985-yilda Toshkent davlat universiteti (O‘zbekiston Milliy universiteti) sharqshunos-filologiya fakultetini tamomlagan. Ingliz, doriy va pushtun tillarida so‘zlashadi.

1985-1986 — O‘zbekiston komsomoli markaziy qo‘mitasi huzuridagi maktabning tashqi aloqalar bo‘limi tarjimoni.

1986-1988 — Harbiy xizmat.

1988-1989 — „Rainbow“ nashriyoti Sharq mamlakatlari bo‘limi katta referenti.

1989-1992 — O‘zbekiston teleradiokompaniyasining xorijiy davlatlarga eshittirishlar tahririyati boshlig‘i.

1992-1997 — O‘zbekiston xalqaro madaniy aloqalar milliy assotsiatsiyasi katta inspektori, bo‘lim boshlig‘i.

1997-1998 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi birinchi kotibi.

1998-2001 — O‘zbekiston Respublikasining Karachi shahridagi Bosh konsulligida ikkinchi kotib, Bosh konsul.

2001-2006 — O‘zbekiston Respublikasining Isroil davlatidagi favqulodda va muxtor elchisi va Falastin muxtoriyatidagi vakili.

2006-2011 — O‘zbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.

2011-2020 — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari.

2020-yildan — O‘zbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz