Oybek Abdushukurov




Oybek Abdushukurov Abdurashidovich - oʻzbek prodyuseri.

Hayoti



Oybek Abdushukurov 1985 yil 14 yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. Otasi — Irmuxamedov Abdurashid, onasi: Asatova Naima. Oybek Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 9-sonli oʻrta maktabni, Oʻzbekiston Milliy universiteti qoshidagi akademik litseyni tamomlagan.

2003-2007 yillarda Oʻzbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetida oʻqigan.

Mehnat faoliyati:



2005 −2007 yillar — "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati „Bunyodkor“ yoshlar teleklubi muharriri. 

2007-2008 yillar — "Paxtakor" futbol klubi Xalqaro aloqalar boʻlimi mutaxassisi.

2008-2010 yillar — "Bunyodkor" futbol klubi Tashkiliy boʻlimi boshligʻi.

2010-2012 yillar — „Kristal media“ MChJ direktori.

2012-2013 yillar — „Catalea group“ bosh prodyuseri.

2014-2017yillar — „HD Cinema“ bosh prodyuseri.

2017 yil apreldan Kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori.

Prodyuserligidagi filmlar:



1.     "Endi dadam boʻydoq" (2012) — MTV tanlovida „Yilning eng yaxshi filmi.

2.     “Uchrashuv" (2013).

3.     "Geolog silnee smerti" (2014)  - Yilning eng yaxshi filmi.

4.     "Bereg mira" (2015)  — qisqa metrajli film — Oʻzbekistonda tashkil etiladigan „PROlogue“ qisqa metrajli filmlar festivalida gʻolib boʻlgan (2016).

5.     "Ona" (2017) qisqa metrajli film — Film muvaffaqiyatga erishgan. „Ona“ bir necha xalqaro festivallarda, jumladan, 2017 yil 17-28 may kunlari Short Film Corner Festival de Cannes, 10-18 iyun kunlari Cyprus International Film Festival (Wayback Machine saytida 2018-02-20 sanasida arxivlangan), 22-28 iyul kunlari XIII Eurasia international film festival (Wayback Machine saytida 2018-02-24 sanasida arxivlangan) (Astana), 17-21 avgust unlari 9- International Inter University Short Film Festival-IIUSFF (Dakka), 24-30 sentyabr kunlari BALINALE — Bali xalqaro kinofestivalida ishtirok etgan.

6.     Welcome to Bukhara imidjli promo-rolik — mazkur rolik Oʻzbekistonning turistik salohiyatini targʻib qilish, qadimiy shaharlarga turislarni jalb etish va oʻzbekistonliklarning mehmondoʻstligini, samimiy va ochiq chehrasini koʻrsatishga qaratilgan.

Ilovalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz