Oyak-Renault
Oyak Renault Avtomobil Fabrikalari yoki
Oyak-Renault — Turkiyaning Bursa shahrida joylashgan avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasidir. U Oyak (Turkiya Qurolli Kuchlari Pensiya jamgʻarmasi) va Renault-ga tegishli. Oyak 49 %, Renault esa 51 % egalik qiladi.
Tarix
Oyak-Renault 1969-yilda Renault, Oyak va Yapi Kredit bank tomonidan tashkil etilgan va ikki-yil oʻtib ishlab chiqarish boshlangan.
Kompaniya dastlab mahalliy va xalqaro bozor uchun turli xil Renault modellarini ishlab chiqargan. Hozirda baʼzi modellar dunyoning 100 mamlakatiga eksport qilinadi.
Natijalar
Yillik ishlab chiqarish quvvati 286000 dan 360000 donagacha, u Gʻarbiy Evropadan tashqaridagi eng yirik Renault zavodidir. Renault kompaniyasining Turkiyadagi rasmiy dilerlik tarmogʻi — yana bir qoʻshma korxona MAIS ASdir. Kompaniyaning birinchi xalqaro muvaffaqiyatli modeli Renault Clio Symbol edi, u hozirda Renault Symbol sifatida taqdim etilmoqda. Renault tomonidan ishlab chiqarilgan eng yangi turk modeli bu oʻrta sinfli Renault Fluence boʻladi .
Avtomobillarni yigʻish bilan bir qatorda, zavod oʻzining uzatmalar qutisi va dvigatellarni ishlab chiqarishni ham amalga oshiradi. Ayni paytda ular-yiliga 450 ming dona turli xil dvigatellar ishlab chiqaradi. Uch smenali ishda 6 mingdan ortiq ishchi ishlaydi.
Hozirgi modellar
Oldingi modellar
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org