Oy qo’tonladi, degani nima?



Ba’zi tunlar oy atrofida, uning chegaralarini yuvib ketadigan ravshan bir yorug’lik paydo bo’ladi. Bu yorug’ halqa galodir, o’zbekcha aytganda, oy qo’tonlaganini bildiradi. Odamlar oy tevaragida nurli halqa, yoy, dog’va ustunlar paydo bo’lishini bo’lajak yomg’ir alomati deb biladi. Ba’zida bunday manzarani Quyosh atrofida ham ko’rish mumkin. Galo parsimon bulutlar, to’g’rirog’i, ular tarkib topgan muz kristallarining yorug’likni sindirishi oqibatida paydo bo’ladi. Tumanli kechalarda ko’cha chiroqlari va uzoqdagi olovlarni ham galo qurshab oladi. Biroq shimol yog’dusi bilan galoni o’zaro chalkashtirmaslik kerak. Shimol yog’dusi, xuddi lyuminissentsiya trubasida bo’lgani kabi, havoning ionlashuvi natijasida hosil bo’ladi.


Manba



Mo’jiza kitobning 1-jildi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz