Oy ota
“Oy ota” — ushbu film 1999-yilda Rossiya, Germaniya, Shveysariya, Avstriya, Tojikiston, Yaponiya, Oʻzbekiston va Fransiyaning qoʻshma hamkorlik asosida yaratilgan boʻlib, rejissor Baxtiyor Xudoynazarov tomonidan suratga olingan.
Aynan bu film 2000-yil “Kinotavr” festivalida bosh mukofotni qoʻlga kiritgan.
2001-yilda Baxtiyor Xudoynazarov eng yaxshi rejissorlik ishi uchun “Nika” mukofoti bilan taqdirlangan.
Mazmuni
Farxor qishlogʻida bir oila yashar edi: 18 yoshli Mamlakat, uning ukasi Nasriddin urushdan keyin devona sifat boʻlib qolgan otasi. Oila shu choyxona orqali kun koʻrgan, Mamlakat teatrga juda mehr qoʻygan, havaskorlar raqs ansamblida tarvuz rolida chiqardi. Bir kuni spektakldan soʻng tun yarmida oʻzini aktyor deb tanishtirgan bir kishini uchratib qoldi va Mamlakatni oʻziga rom qilgach, qiz undan homilador boʻlib qoladi. Bundan xabar topgan Mamlakatning otasi Safar mahalliy teatrlardan aktyorlarni tunab, ularni qiziga koʻrsatib, “aktyor”ni topmoqchi boʻldi, ammo bu ishning uddasidan chiqa olmaydi. Qishloq ahli qiz homiladorligini bilgach, undan oʻzlarini olib qocha boshlashadi. Uning sha’niga, mulkiga zarar yetkaza boshlaydilar. Qidiruv jarayonida Mamlakat Alik ismli shifokor bilan tanishib qoladi. Lekin qoʻni-qoʻshnilarining mazax qilishlaridan charchagan Mamlakat avvaliga homilani tushirish payidan boʻladi, soʻng oʻzini poyezd tagiga tashlaydi, ammo tasodifan yonida paydo boʻlib qolgan Alik qiz hayotini saqlab qoladi va unga uylanmoqchiligini bildiradi. Quvonchdan koʻzlari porlagan Alik ajoyib toʻy bazmini uyushtiradi, lekin shoʻrlik kuyovni osmondan tushgan sigir bilan nobud qilishadi.
Oradan biroz vaqt oʻtgach, avantyurist-fazogir Yosir Mamlakat ishlayotgan choyxonaga keladi va suhbat asnosida samolyotga beparvolik bilan bogʻlab qoʻyilgan sigirni havo orqali olib oʻtmoqchi boʻlganida qulab tushganini aytadi. Bundan gʻazablangan Mamlakat otasining revolverini qoʻliga oladi va Yosir oʻzini aktyor deb tanishtirgani va bolaning otasi ekanini aytib, Mamlakatga turmushga chiqishni va bolaga – Bulochkin familiyasini berishni taklif qiladi. Hayajonlangan Yosir letargik uyquga ketadi, lekin qishloqdoshlari hamon agressiv tarzda Mamlakatdan unga turmushga chiqishni talab qiladi. Qoʻshnilari tomonidan ta’qib ostiga olingan qiz choyxona tomiga chiqadi, ukasi Nasriddin simlar bilan devorni qalqon bilan oʻraydi, choyxona tomi havoga koʻtarilib, Mamlakatni oʻzi bilan olib ketadi, ana shunda qizning toʻlgʻogʻi boshlanadi.
Rollarda
Mukofot va nominasiyalar
Havolalar
uz.wikipedia.org