Oxford–AstraZeneca COVID-19 vaksinasi
Vaxzevria (tadqiqot nomi: AZD1222 ChAdOx1 nCoV-19 yoki Covishield, shuningdek, „Oxford vaksinasi“ nomi bilan ham mashhur) — COVID-19’ga qarshi vaksina. Oxford universiteti va AstraZeneca kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Shimpanzening genetik oʻzgartirilgan ChAdOx1 adenovirusidan foydalanib yaratilgan. Mushak ichiga yuboriladi.
2020-yil 30-dekabrda vaksina Buyuk Britaniya emlash dasturi uchun maʼqullandi. Shu paytdan boshlab vaksinaga Argentinada ham ruhsat berildi. Yevropa mamlkatlarida birinchi navbatda 65 yoshdan yuqori aholi emlanishi koʻzda tutilgan. Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyada allaqachon 17 million kishi emlangan. 2021-yil 9-yanvarda „The Lancet“ jurnalida AZD1222 vaksinasining xavfsizligi va samaradorligi haqida maqola chop etildi. Daniya, Norvegiya, Islandiya va Italiya emlashdan keyin tomirlarda tromblar hosil boʻlganligi sababli AstraZeneca vaksinasidan voz kechishdi. Polshada esa 2021-yil mart oyiga kelib ushbu vaksina bilan emlash uchun roʻyxatdan oʻtganlar soni bir necha oʻn foizga kamaydi. JSST rasmiysi esa hali vaksinatsiya natijasida hech kim oʻlmaganini taʼkidladi. Shuningdek, tashkilot AstraZeneca vaksina bilan odamlarni koronavirusga qarshi emlashni davom ettirishni tavsiya qildi. JSST AstraZeneca vaksinasining foydasini xavfidan koʻra yuqoriroq deb baholagan va u bilan bemorlarni emlashni davom ettirishni ta’kidlagan. „РИА Новости“ nashri Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investisiya jamgʻarmasi ma’lumotlaridan foydalangan holda dunyo boʻylab eng talabgir vaksinalarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga koʻra, hukumatlar tomonidan oʻz hududida foydalanish uchun ruxsat berilgan davlatlar soni boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinni hozirda 49 mamlakatda lisenziyaga ega boʻlgan «AstraZeneca» vaksinasi egallagan.Indoneziya oliy musulmon kengashi „AstraZeneca“ vaksinasi tarkibida choʻchqaning oshqozonosti bezidan olingan tripsin moddasi borligini aytib, uni harom deb fatvo bergan, lekin preparatni faqat pandemiya sharoitidagina favqulodda qoʻllashni ma’qullagandi. Kompaniya Indoneziyada tarqalgan xavotirlarga javoban koronavirusga qarshi ishlab chiqqan vaksinasi tarkibida shariatda taqiqlangan choʻchqa unsurlari yoʻqligini ma’lum qilgan. Shuningdek, kompaniya Munosabatida, ushbu vektor virusli vaksinani ishlab chiqarish jarayonining hech qaysi bosqichida choʻchqa yo boshqa hayvonlardan olinadigan biror unsurdan foydalanilmasligi, bu kabi unsurlarning ishlab chiqarish jarayonlariga aloqasi yoʻqligini maʼlum qilgan.
Salbiy taʼsiri
Buyuk Britaniyada koronavirusga qarshi «AstraZeneca» vaksinasi bilan emlangan 7 kishi vafot etdi. Mamlakatda 2021-yil 27-mart holatiga koʻra, «AstraZeneca» vaksinasi bilan emlanganlar orasida 30 ta tromboz holati kuzatilgan. 2021-yil 24-martgacha boʻlgan 30 ta holatdan 7 tasida oʻlim qayd etildi. Shuningdek, yana 22 ta holatda miyada qon aylanishining yomonlashishiga sabab boʻluvchi miya qon-tomir trombozi kuzatilgan. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti esa emlashdan oʻlim holati qayd etilganini rad etgan.
Ishlab chiqarish va yetkazib berish
European Medicines Agency (Yevropa dori-darmon vositalari agentligi) direktori 2021-yil fevraliga qadar Yevropa Ittifoqida vaksinani qoʻllashga ruhsat etilmasligini aytib oʻtdi.
Ishlab chiqarish
AstraZeneca vitse-prezidenti Pem Chengning soʻzlariga koʻra 2020-yilning soʻngiga qadar kompaniya 200 million doza ishlab chiqarishni moʻljallagan, ishlab chiqarish quvvatlarining oshib borishi natijasida kompaniya oyiga 100 milliondan 200 milliongacha vaksina ishlab chiqarih darajasiga erishmoqchi ekanini taʼkidlagan.
AstraZeneca vaksinasi Janubiy Koreyada SK BioScience farmatseftik kompaniyasida ishlab chiqariladi.
Yetkazib berish
Hindiston
2020-yil iyunida AstraZeneca va Hindistonning zardob bilan ishlovchi kompaniyasi kambagʻal davlatlarga, shuningdek, Hindistonga 1 milliard doza vaksina yetkazib berish boʻyicha kelishuvga erishishdi.
Yevropa Ittifoqi 2020-yil 13-iyunda AstraZeneca kompaniyasi Fransiya, Germaniya, Italiya va Niderlandiya davlatlari kelishuvida tuzilgan inklyuziv vaksinalar alyansi bilan butun Yevropa Ittifoqi hududiga 400 million doza vaksina yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzoladi.
AQSH 2020-yil avgustida AstraZeneca AQSHga oʻrtacha 4 AQSH dollaridan 300 million doza vaksina yetkazib berishga tayyorligini maʼlum qildi. Kompaniya vakilining soʻzlariga koʻra bu narx ichiga tadqiqotlar vaishlab chiqarish summalari ham kiritilgan.
Kanada 2020-yil sentabrida AstraZeneca Kanadaga 20 million doza vaksina yuborishga rozi boʻldi.
Shveytsariya 2020-yil oktabrida Shveytsariya AstraZenecaʼdan bilan 5,3 million doza sotib olish boʻyicha shartnoma imzoladi.
Oʻzbekiston Oʻzbekiston Hindistonda AstraZeneca litsenziyasi asosida ishlab chiqarilgan CoviShield vaksinasidan 2,6 million doza sotib olgan. Hindistonning COVID-19ga qarshi 660 ming doza CoviShield vaksinasi 2021-yil 17-mart kuni olib kelindi. COVAX fondi hisobidan Oʻzbekistonga 2 million dozadan ortiq AstraZeneca vaksinasini yetkazish, shundan 2021-yil I chorakda 35–40 foizini, qolgan qismini II chorakdan dunyo boʻylab vaksinalarning ishlab chiqarish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich yetkazib berilishi rejalashtirilgani aytildi.
2021-yil 14-avgust kuni COVAX dasturi doirasida Oʻzbekistonga Fransiyadan AstraZeneca vaksinasining 276 480 dozasi keltirildi.
Avstraliya 2021-yil mart oyida Avstraliyada AstraZeneca vaksinasini ishlab chiqarish boshlandi.
Manbalar
uz.wikipedia.org