Ovozi Samarqand
Ovozi Samarqand (Ovozi Samarqand) — Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashi va viloyat hokimligining gazetasi. 1990-yil 1-yanvardan chiqa boshlagan.
1990-yildan gazetaga yozuvchi va jurnalist Nor Ostonzoda bosh muharrirlik qilgan. U yetti yil davomida rahbarlik qilgan. 1997-yilning oktabr oyida gazetaga filologiya fanlari nomzodi Gʻafurjon Mahmudov bosh muharrir etib tayinlanadi. 2010-yildan gazeta A2 formatga oʻtkazildi va rangli chop etila boshladi. 2015-yildan beri haftada ikki marta chop etilmoqda. 2011—2016-yillarda gazetaga Ozodjon Xidirov muharrirlik qilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org