Ovoz boylami




Ovoz boylami — dumsiz amfibiyalar, baʼzi sudralib yuruvchilar, koʻpchilik sut emizuvchilar va odamda hiqil-doqyon devorining ichki yuzasidan bur-chak boʻlib chiqadigan ikkita burma. Fibroz-elastik toʻqimadan tuzilgan boʻlib, shilliq parda bilan qoplangan. Bu haqiqiy Ovoz boylamidir. Baʼzi sut emizuvchilar va odamda haqiqiy Ovoz boylamidan bir oz yuqoriroqda soxta Ovoz boylami ham boʻlib, u ovoz xrsil boʻlishida qatnashmaydi.

Odam da haqiqiy Ovoz boylami — muskul toʻqimasi va biriktiruvchi toʻqimadan tuzilgan juft boylamdir. Tovush hosil boʻlishida qatnashadi, shuningdek, nafas yoʻllarini yot jismlar tushishidan saklaydi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz