Ovoskop




Ovoskop (lot. ovum — tuxum va yun. skopeo — qarayman) — tuxumning si-fati tekshiriladigan asbob. U ichiga elektr lampochka oʻrnatilgan, tuxum shaklidagi teshikli gʻilofdan iborat. Tuxum shu teshikka oʻrnatilib tekshiriladi. Novlarga qator terib qoʻyilgan tuxumlarni tekshirish uchun yorituvchi blokli O.-stoldan foydalaniladi. Yangi, sogʻlom tuxum sarigʻi uning mar-kazida joylashgan boʻladi. Inkubatorda ochiltiriladigan tuxumlarni tanlashda, ularni biologik jixatdan nazorat qilishda ham O.dan foydalaniladi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz