Ov sousi




Ov sousi (shassyor sousi, fransuzcha: sauce chasseur) ― fransuz oshxonasining boy qoʻziqorinli sousi boʻlib, u qovurilgan yovvoyi qush goʻshti, buzoq goʻshtidan tabiiy kotletlar va qoʻy goʻshtidan kotletlar, shuningdek, qiyma kotletlar va bitochki bilan birga tortiladi. Ov sousi bilan tortilgan talqonli shnitzel — Nemis oshxonasida yegershnitzel deb nomlangan klassik taomidir.

Ov sousi uchun maydalangan shampinionlar yoki oq qoʻziqorinlar mayda toʻgʻralgan shalot piyoz yoki bosh piyoz va sarimsoq bilan sariyogʻ yoki margarinda qovuriladi, qizil uzum sharobi quyiladi va dastlabki hajmning uchdan bir qismigacha qaynatiladi va keyin qizil sous va tomat pyuresi bilan hil-hil boʻlguncha pishiriladi. Tortishdan oldin sousga maydalangan maydanoz, arpabodiyon yoki estragon qoʻshiladi va sariyogʻ bilan ziravorlanadi. Auguste Escoffier retsepti boʻyicha ov sousi oq sharob, madera va goʻshtli bulyon qoʻshilgan demiglas sousi bilan pomidor sousi asosida tayyorlanadi.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz