Outkast
Outkast — 1992 yilda Jorjiya shtatining East Point shahrida tashkil etilgan amerikalik hip-hop guruhi boʻlib, atlantalik reperlar André "3000" Benjamin va Antwan "Big Boi" Pattondan iborat edi. Outkast koʻpincha barcha davrlarning eng buyuk va eng taʼsirli hip-hop ijodkorlaridan biri sifatida qabul qilinadi. Bu duet 1990-yillarning oʻrtalaridan 2000-yillarning boshlarigacha tanqidiy eʼtirofga ham, tijoriy muvaffaqiyatga ham erishib, janubiy hip-hopni oʻzining murakkab lirikasi, esda qolarli ohanglari bilan ommalashtirishga yordam berdi, shuningdek, funk, jazz va techno kabi turli janrlarda ijod qilgan.
Benjamin va Patton 1992-yilda oʻrta maktab paytida guruhni tashkil qilishgan. Outkast 1994-yilda Southernplayalisticadillacmuzic debyut albomini chiqardi va undagi „Player’s Ball“ singli Billboard Hot Rap Tracks chartida birinchi oʻringa chiqqanidan keyin mashhurlikka erishdi. „ATLiens“ va „Aquemini“ kabi studio albomlar bilan guruh oʻz mashxurligini yana orttirdi va tijoriy muvaffaqiyatga erishdi. 2000-yil 31-oktyabrda Outkast Ms. Jackson va B.O.B singllarini oʻz ichiga olgan „Stankoniya“ albomini chiqardi.
2003-yil sentabrida „Hey Ya!“ va „The Way You Move“ kabi mashxur singllarini oʻz ichiga olgan ikkita albomni (peakerboxxx/The Love Below) chiqardi. Albom „Yil albomi“ Grammy mukofotiga sazovor boʻldi va ARIA tomonidan Olmos sertifikatiga sazovor boʻldi. 2014-yilda Outkast aprel oyida boʻlib oʻtgan „Coachella festivali“dan boshlab butun dunyo boʻylab 40dan ortiq festivallarda ishtirok etdi.
Bu duet oltita Grammy mukofotiga sazovor boʻlgan barcha davrlarning eng muvaffaqiyatli hip-hop guruhlaridan biridir. Outkast Rolling Stone „barcha zamonlarning 20ta eng buyuk dueti“ roʻyxatida 7-oʻrinni egalladi.
Diskografiya
Outkast diskografiyasi oltita studiya albomi, bitta kompilyatsiya albomi, bitta saundtrek albomi, bitta video albom, 32ta singl (shu jumladan sakkizta taniqli ijodkorlar bilan), uchta singllari va 21ta musiqiy videolardan iborat. 1992-yilda Outkast LaFace Records leybli bilan shartnoma imzolagan birinchi hip hop ijodkorlari boʻldi. „Player’s Ball“ singli AQSh [[Billboard Hot 100] roʻyxatida 37-oʻrinni egalladi. Keyinchalik RIAA tomonidan oltin sertifikatiga munosib koʻrilgan.
Studio Albomlar
Video Albom
Manbalar
uz.wikipedia.org