Oussama Haddadi
Oussama Haddadi (talaffuzi: Ussama Haddadiy; 1992-yil 28-yanvarda Tunisda tugʻilgan) — tunislik futbolchi, „Yeni Malatyaspor“ va Tunis terma jamoasi himoyachisi. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.
Klublardagi faoliyati
Haddadi „Club Africain“ futbol klubi bitiruvchisi. 2010-yilda Tunis chempionatida debyut qilgan. 2012-yil 26-avgustda „Sfaxien“ futbol klubiga qarshi bahsda Oussama „Club Africain“ jamoasi safida birinchi golini urdi. 2015-yilda Tunis chempioni boʻldi. 2017-yil boshida Haddadi Fransiyaning „Dijon“ jamoasiga oʻtdi. 11-fevral kuni „Kana“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Liga 1da debyut qildi. 2018-yilning 20-yanvarida „Strasbourg“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Oussama „Dijon“ futbol klubi tarkibidagi birinchi golini urdi.
2019-yilning yozida Haddadi Arabistonning „Al-Ettifaq“ jamoasiga o‘tdi. 24-avgust kuni „Al Wahda“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Saudiya Arabistoni premyer ligasida debyut qilgan.
2020-yil boshida Haddadi Turkiyaning „Kasımpaşa“ futbol klubiga ijaraga berilgan.
2021-yilning yozida Haddadi „Yeni Malatyaspor“ futbol klubiga oʻtgan.
Xalqaro faoliyati
2015-yilning 31-martida Haddadi Tunis terma jamoasi safida Xitoyga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi.
2018-yilda Haddadi Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Panama terma jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi.
2019-yilda Haddadi Misrda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Angola, Mali, Mavritaniya, Nigeriya, Senegal, Madagaskar va Gana jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2022-yilda Haddadi Kamerunda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Nigeriya va Burkina-Faso jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi.
2015-yilning 31-martida Haddadi Tunis terma jamoasi safida Xitoyga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan.
Statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org