Our Song
„
Our Song “ amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Taylor Swift ijro etgan qoʻshiqdir. Xonandaning Taylor Swift (2006) nomli debyut studiyaviy albomiga kiritilgan. 2007-yilning 10-sentabrida albomning uchinchi singli oʻlaroq Big Machine Records leyblida eʼlon qilingan. Swift qoʻshiqni toʻqqizinchi sinfda oʻqiyotgan chogʻida maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan isteʼdodlar shousi uchun yozgan. „Our Song“ musiqiy jihatdan country janridagi qoʻshiqdir.
„Our Song“ qoʻshigʻi Billboard Hot 100 chartida oʻn oltinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi (inglizcha: Recording Industry Association of America) tomonidan 4× platina sertifikati bilan taqdirlangan. Shuningdek, Canadian Hot 100 chartida oʻttizinchi pogʻonagacha koʻtarilgan hamda Music Canada tashkiloti tomonidan platina sertifikati bilan taqdirlangan.
Qoʻshiq uchun Trey Fanjoy rejissorligida klip suratga olingan. Klip 2007-yilning 24-sentabrida CMT telekanalida premyera qilingan. Bundan tashqari, klip „Yil videosi“ (inglizcha: Video of the Year) nominatsiyasida CMT Music Award bilan taqdirlangan.
Jamoa
Chartlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org