Ouleymata Sarr




Ouleymata Sarr (1995-yil, 8-oktabrda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi, 1-divizion ayollar klubi Paris FC klubi va Fransiya ayollar terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Jamoalardagi faoliyati



Sarr Évreux shahrida tavallud topgan, u yerda u 13 yoshiga qadar oʻgʻil bolalar bilan futbol oʻynagan, u ikki yil davomida oʻynashni toʻxtatgan. Ouleymata Sarr 2014-15-yilgi Chempionlar ligasida Frankfurt klubiga qarshi oʻyinda PSJ klubi safida darvozani ishg'ol etgan. 2017-18-yilgi mavsum oldidan Sarr Paris Saint-Germain klubidan Lille OSC klubiga oʻtdi. U PSJ jamoasida toʻrt mavsum to'p surgan. 2018-19-yilgi mavsumda Sarr Lill safida 17 ta gol kiritishga muvoffaq bo'lgan. 2019-yilda u Bordo klubi bilan shartnoma imzoladi. Ouleymata Sarr jarohatlar tufayli 2020/21-yilgi mavsumda atigi uchta oʻyin oʻtkazdi. 2021-yil iyun oyida Ouleymata Sarr Parij klubi bilan shartnoma imzoladi.

Xalqaro karyera



2014-yilda Ouleymata Sarr Fransiya U-19 terma jamoasiga, keyinroq esa 2014-yilgi FIFA U-20 ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga U-20 terma jamoasiga chaqirildi. Ouleymata Sarr guruh bosqichida Kosta-Rikaga qarshi oʻyinda gol urdi. 2017-yil oktabr oyida Sarr Gana terma jamoasiga qarshi oʻyinda Fransiya terma jamoasini ochgan golni urgan edi. Uchrashuvda Fransiya terma jamoasi 8:0 hisobida gʻalaba qozondi. U 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatiga tanlanmagan. Ouleymata Sarr UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2022 uchun Fransiya terma jamoasida edi.

Karyera statistikasi



Xalqaro



18-iyul, 2022-yil holatiga ko'ra[12]

Ballar va natijalar birinchi navbatda Fransiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni Sarrning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz