Otto Shtern




Otto Shtern (1888.17.2, Zorau — 1969.17.8, Berkli) — nemis tadqiqotchifizigi. Breslavl universitetini tugatgan (1912). Syurix politexniqumida (1913—14) va Frankfurt universitetida (1914—21) ishlagan. Rostok (192122) va Gamburg (1923—33) universitetlari professor, Pittsburg (1933—45) va Berklidagi (AQSH) texnologik instituti professor (1946-yildan). Ilmiy ishlari molekulyar fizika, atom va yadro fizikasi, kvant nazariyasiga oid. Jahonda birinchi boʻlib gaz molekulalarining tezligini oʻlchadi (1920) (qarang Shtern tajribasi). Nemis fizigi V. Gerlax bilan hamkorlikda atom magnit momenti mavjudligini isbotladi (1922). Nemis fizigi R. Frish bilan birga vodorod molekulasida proton magnit momentini aniqladi (1933). Nobel mukofoti laureati (1943).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz